Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov Oqsaroyda Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi prezidentini qabul qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 153           Дата: 15-07-2016, 21:08          
Islom Karimov Oqsaroyda Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi prezidentini qabul qildi


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15 iyul kuni Oqsaroyda Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) prezidenti Ching-Kuo Vuni qabul qildi. Bu haqda “O'zA” xabar bermoqda.

Ching-Kuo Vu AIBA Ijroiya qo'mitasining Toshkentda o'tayotgan majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi. Mazkur sport forumi Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi uchun Braziliyada bo'ladigan Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hisoblanadi.

O'zbekiston rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, AIBA va uning rahbari Ching-Kuo Vu o'zining munosib xizmati bilan dunyoda keng tarqalgan boksni va, umuman, Olimpiya harakatini rivojlantirishga katta hissa qo'shayotganini alohida ta'kidladi.

2014-2015 yillarda O'zbekistonning barcha yosh va vazn toifasidagi charm qo'lqop ustalari turli darajadagi 269 medalga sazovor bo'ldi. O'zbekistonda xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalar va boks turnirlari muntazam o'tkazilmoqda. 2015 yilning 7-14 iyun kunlari AIBA shafeligida poytaxtimizda o'tkazilgan boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchilari 7 oltin va 6 bronza medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.

Oqsaroydagi uchrashuvda O'zbekistonda havaskorlik boksini rivojlantirish, mamlakatimizning AIBA bilan samarali hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirish istiqbollari haqida fikr almashildi.

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga sport va olimpiya harakatini rivojlantirish hamda ommallashtirish yo'lidagi ulkan xizmatlari uchun, shuningdek, boksni xalqaro va milliy darajada rivojlantirish borasidagi fidokorona mehnati e'tirofi sifatida AIBAning yuksak mukofoti – “Xizmatlari uchun” ordeni topshirildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн