Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

GM Uzbekistan avtomobillarni sotishning noqonuniy sxemasi borligi haqidagi xabarlarni rad etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 178           Дата: 13-07-2016, 21:25          
GM Uzbekistan avtomobillarni sotishning noqonuniy sxemasi borligi haqidagi xabarlarni rad etdi

Xususiy shaxslar, shu jumladan GM Uzbekistan - General Motors (25 foiz) va "O'zavtosanoat" (75 foiz) - vakillari Rossiya federatsiyasi hududidagi dilerlik kompaniyalari ta'sischilari tarkibiga kirmaydi. Shuningdek, O'zbekiston hududida avtomobillarning noqonuniy yo'l bilan sotilishi yo'lga qo'yilmagan.

GM Uzbekistan kompaniyasi bir qator nashrlar tomonidan O'zbekiston avtomobilsozlik sanoatidagi vaziyatga bag'ishlangan chiqishlarga javoban bergan navbatdagi bayonotida shu haqda aytilgan. Kompaniya matbuot xizmati feysbuk ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida joylashtirgan bayonotida "noto'g'ri va mutlaqo yolg'on ma'lumotlar" rad etilgan va "yirik sanoat korxonalaridan birini obro'sizlantirishga qaratilgan harakatlar" to'xtatilishiga umid qilingan.

Bundan oldinroq ba'zi nashrlarda GM Uzbekistan va "O'zavtosanoat" AK vakillari muqaddam eksportga jo'natilib, so'ngra O'zbekistonga noqonuniy yo'llar bilan qayta olib kelingan avtomobillarning ichki bozorda sotilish "sxemasi" hamda ushbu maqsadlarda foydalanilgan qo'shni davlatlarning (Qozog'iston) chegaradosh hududlaridagi saqlash joylari to'g'risidagi xabarlar tarqalgandi.

Bu xabarlar yana bir bor qat'iy inkor etilgan va bu xabarlar orqali nafaqat GM Uzbekistan, balki boshqa davlat tashkilotlari ham mutlaqo asossiz va dalilsiz ayblangani qayd etilgan.

"GM Uzbekistan’ning Rossiyadagi amaldagi distribyutorlari — "UzDEU Avto Voronej" va "Uzavto Rus" ta'sischilari tarkibida biror-bir xususiy shaxs yo'q", deyilgan xabarda.

Shuningdek, "O'zavtosanoat" AK, GM Uzbekistan yoki ularga bog'liq kompaniyalar ba'zi nashrlar tomonidan e'lon qilingan maqolalarda tilga olingan "Akademiya UzDEU" kompaniyasi muassisi hisoblanmaydi, akademiyaning o'zi esa "O'zavtosanoat" AK bilan ham, GM Uzbekistan bilan ham hech qanday shartnomaviy yoki boshqa munosabatlarga ega emas", deyiladi bayonotda.

Bayonotda qayd etilishicha, GM Uzbekistan avtomobil ishlab chiqaruvchi hisoblanadi va "na O'zbekiston ichida, na undan tashqarida avtomobillarni realizatsiya qilish bilan shug'ullanadi. Avtomobillar realizatsiyasi vakolatli distribyutorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi".

"Biz O'zbekistonga noqonuniy yo'llar bilan qaytarib olib kelingan avtomobillarni ichki bozorda sotish "sxemasi" mavjudligi haqidagi xabarlarni to'la rad etamiz... Eksport-import operatsiyalarini ro'yxatga olish va hisobini yuritish, shuningdek, bank va bojxona nazorati tizimlari avtomatlashtirilganidan kelib chiqib, eksport uchun deb ko'rsatilgan avtomobillarni ichki bozorda realizatsiya qilish bo'yicha xabarlarda tilga olingan soxta sxemalarning na amaliy, na nazariy jihatdan mavjud bo'lishiga imkon yo'q", deyiladi bayonotda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031