Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Chikago universiteti arxeologlari Surxondaryo viloyatining tarixiy joylariga tashrif buyurishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 160           Дата: 13-07-2016, 11:40          
Chikago universiteti arxeologlari Surxondaryo viloyatining tarixiy joylariga tashrif buyurishdi

Iyul oyi boshida Chikago universitetining arxeolog olimlari Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurishdi. Ular orasida Jil Jeremi Steyn va Jeyms Fuller bor. Ularning vazifasi viloyatda bundan keyingi qidiruv ishlarini olib borish uchun grantlar jalb qilishdan iborat bo'ladi.

"Olimlarning maqsadi viloyatda uzoq muddatli qazilma ishlarini olib borish uchun grant jalb qilishdan iborat", deb xabar qiladi "O'zbekturizm" MK axborot xizmati.

Qayd etish kerakki, Chikago universiteti ushbu sohada izlanishlar olib borishda dunyo bo'yicha birinchi o'rinda turadi va uning ko'pgina bitiruvchilari Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan.

Arxeologlar O'zbekistondagi eng qadimiy maskan hisoblangan Sherobod tumanidagi Jarqo'ton (mil.avv XV-X asr) shaharchasida bo'lishdi. Bronza davri bo'yicha mutaxassis, professor Jil Jeremi Steyn hudud bo'ylab sayohat qildi. Shuningdek, arxeologlar jamoasi Muzrobod tumanidagi Kuchuktepa (mil.avv X- V asr, temir davri boshlanishi), Eski Termiz shahri, arxeologiya muzeyi va Termiz davlat universitetida bo'lishdi.

Tashrif yakunida chikagolik olimlar va viloyat arxeologlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda tarixiy yodgorliklarni saqlab qolish, madaniy meros ob'ektlarini restavratsiya qilish, qazilma ishlarini olib borish va ularni o'rganish bo'yicha treninglar o'tkazish, o'zaro tajriba almashish hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн