Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda ilk Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasi ish boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 341           Дата: 13-07-2016, 11:40          
Toshkentda ilk Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasi ish boshladi

Bugun Toshkentda birinchi Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasi o'z ishini boshladi, bundan asosiy maqsad - eksport salohiyatini ko'tarish va respublika qishloq xo'jalik sanoatini yanada yuqori darajaga olib chiqish. Mazkur yarmarka 12-14 iyul kunlari "O'zekspomarkaz" ko'rgazma majmuasida o'tkaziladi.

Tashkilotchilarning so'zlariga ko'ra, yarmarkada tuzilgan shartnomalar hajmi ancha yuqori bo'lishi kutilmoqda. Unda har bir viloyat o'zining meva va sabzavot mahsulotlari bilan qatnashadi. Bu mamlakatdagi eng keng ko'lamli ko'rgazma yarmarkasidir. 16 iyulga qadar "O'zekspomarkaz"ning butun ko'rgazma maydoni band bo'ladi.

Yarmarkada har bir viloyat o'z mahsulotini taqdim etishi uchun alohida ko'rgazma pavilonlari ajratilgan. Shu bilan birga qayta ishlangan mahsulotlar, jumladan quritilgan va muzlatilgan mahsulotlarga hamda qishloq xo'jaligining moliyaviy, transport, logistik infratuzilmasini shakllantiruvchi muassasa va kompaniyalarga maxsus joylar ajratildi. Bundan tashqari yarmarkada taro-qadoqlash kompaniyalari ishtirok etishmoqda. Alohida maydonda sharq bozori tashkillashtirilgan bo'lib, unda asosan turli ziravorlar va dukkaklilar namoyish etilgan.

Yarmarka davomida ishtirokchi va tashkilotchilar meva va sabzavot jahon bozorining tendentsiyalari va istiqbollarini batafsil tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Ishchi dasturdan eksportchilar va importchilar o'rtasida ikki tomonlama muzokaralar, intensiv bog'lardagi va mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalardagi faoliyat hamda sovutish moslamalari bilan tanishish o'rin olgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031