Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OTB O'zbekistonga 450 million dollar kredit ajratishi mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 119           Дата: 11-07-2016, 21:29          
OTB O'zbekistonga 450 million dollar kredit ajratishi mumkin

O'zbekiston hukumati mamlakat janubida joylashgan Qashqadaryo viloyatidagi Tolimarjon issiqlik elektrostantsiyasini (IES) kengaytirish ishlariga Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) kreditini jalb qilishni rejalashtirmoqda.

OTB rasmiy saytining ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston Tolimarjon IES modernizatsiyasining ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun 450 million dollar miqdoridagi kreditni jalb qilmoqchi.

Dastlabki IES loyihasi 2016 yilning oxiriga qadar ishlab chiqilishi kutilmoqda. OTB kredit so'rovini 2017 yilning boshida ko'rib chiqadi.

Loyihada 2020 yilgacha yana ikkita 450 MVt quvvatga ega bug'-gaz sozlamasining (BGS) qurilishi ko'zda tutilgan. Loyihaning dastlabki qiymati 900 million dollarni tashkil qiladi.

Shuni ta'kidlash joizki, Janubiy Koreyaning Daewoo va Hyundai kompaniyalari bugungi kunda Tolimarjon IESni modernizatsiyalash loyihasini amalga oshirmoqda. Mazkur loyihaning qiymati - 861 million dollar.

Shartnomaga ko'ra, konsortsium 450 MVt quvvatga ega ikki BGS stantsiyasida "Kalit" qurilishni amalga oshiradi. Mitsubishi Corporation (Yaponiya) BGS provayderi hisoblanadi. Qurilishning tugatilishi 2016 yilning dekabr oyiga mo'ljallangan.

Umumiy qiymati 1,28 milliard dollar bo'lgan loyihaning moliyalashtirilishi OTBning 350 million dollarlik, Yaponiya xalqaro taraqqiyot agentligining (JICA) 300 millionlik hamda O'zbekistonning Tiklanish va taraqqiyot fondining 250 million dollarlik krediti, shuningdek "O'zbekenergo" AJning shaxsiy mablag'i hisobiga amalga oshirilmoqda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031