Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda mobil aloqa xizmatlarini ko'rsatish qoidalari yangilanishiga tayyorgarlik ko'rilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 157           Дата: 11-07-2016, 21:29          
O'zbekistonda mobil aloqa xizmatlarini ko'rsatish qoidalari yangilanishiga tayyorgarlik ko'rilmoqda

O'zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi yangi tahrirdagi Mobil aloqa xizmatlarini ko'rsatish qoidalari loyihasini muhokama uchun e'lon qildi. Amaldagi qoidalar 2009 yilda kuchga kirgan edi.

«Gazeta.uz» xabariga ko'ra, hujjatdagi asosiy o'zgarishlardan biri alohida paragrafning qo'shilishi bo'lib, unda bir yoki bir necha operatorlarga xizmat qiluvchi dilerlarning huquq va majburiyatlari keltirib o'tilgan.

Qoidalar loyihasida operatorlar o'z saytlarida dilerlar ro'yxati, ular va xizmat ko'rsatish puktlarining manzillarini taqdim etishi majburiy ekani ko'rsatib o'tilgan. Dilerlar qo'pol xatolarga yo'l qo'ygan taqdirda, ular bilan tuzilgan shartnomani buzishgacha bo'lgan majburiyatlar ko'zda tutilgan.

Hujjatda operatorlar tomonidan alohida pulli xizmatlar uchun abonentlardan ularning pulli ekani to'g'risida dastlabki ogohlantirishsiz mablag' olingan taqdirda, mazkur harakat ko'rsatilmagan xizmat uchun pul olinganlik bilan tenglashtirilishi belgilangan.

Operatorlarga abonentlarni pulli yoki imtiyozli daqiqa, SMS, internet trafik va boshqa SMS yuborish yo'li bilan ko'rsatiladigan xizmatlar, shuningdek, abonentlarning USSD-talabi orqali taqdim etiladigan USSD-xabarlar tugagani to'g'risida ogohlantirish majburiyati ham yuklatilmoqda. Abonentga bu kabi ma'lumotlarni taqdim etish SMS yuborish yoki operator call-markazidan qo'ng'iroq qilish orqali bepul taqdim etiladi.

Har bir trafik yo'nalishi bo'yicha jo'natilgan yoki qabul qilingan ma'lumotlar trafikatsiyasi birligi har bir internet-sessiyasi alohida hisobga olingan holda 15 kb dan ortiq bo'lmagan holda belgilash taklif etilmoqda.

Abonentlarning operatorga murojaatini ko'rib chiqish muddati 30 kundan 15 kunga qisqartirish taklif etilmoqda. Zarurat tug'ilgan taqdirda esa materiallarni o'rganish muddati bir oygacha uzaytirilishi mumkin.

Abonentlarga ommaviy SMS, spamlar yuborish, firibgarliklarga, shuninglek, abonent raqamlaridan noqonuniy foydalanishlarga yo'l qo'ymaslik majburiyatini yuklash ham taklif qilinmoqda.

Operatorlarni abonent ma'lumotlari o'zgarganligi to'g'risida ogohlantirish muddatini 30 kundan 15 kunga qisqartirish ham o'zgarishlardan o'rin olgan.

Qoidalar loyihasida abonentning operatorga shartnoma buzilganda avans sifatida taqdim etilgan pul mablag'larini qaytarish to'g'risida murojaat qilgan taqdirda, operator qoldiq mablag'ni 15 ish kunida qaytarishi majburiyati aniqlashtirildi (amaldagi qoidalarda muddat belgilanmagan).

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031