Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Andijonda “Kim edigu kim bo'ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ'ibot tadbirlari boshlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 598           Дата: 11-07-2016, 11:15          
Andijonda “Kim edigu kim bo'ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ'ibot tadbirlari boshlandi

Istiqlolni sharaflovchi, bugungi tinch va farovon hayot qadrini anglatuvchi bir biridan mazmunli, serzavq tadbirlarning yana biri bugun Bobur zaminiga etib keldi. “Kim edigu kim bo'ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi uchrashuvlarda ishtirok etish uchun poytaxtdan san'at namoyandalari tashrif buyurdilar.

11-16 iyul kunlari Andijon viloyatida respublikamizning taniqli madaniyat va san'at namoyondalari, shoir, yozuvchi, olimlari ishtirokida Mustaqilligimizning 25 yilliga bag'ishlangan targ'ibot tadbirlari o'tkaziladi.

Andijonda “Kim edigu kim bo'ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ'ibot tadbirlari boshlandi

Respublikamizning barcha hududlarida o'tkazilayotgan ushbu tadbirlar shiddat bilan rivojlanib borayotgan yurtimizda aholi, ayniqsa yoshlarni umumbashariy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini turli mafkuraviy, ma'naviy tahdidlardan ishonchli himoya qilish, g'oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Andijonda “Kim edigu kim bo'ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ'ibot tadbirlari boshlandi

Kecha mehmonlar Farg'ona viloyati Quva tumani hamda Andijon viloyati Asaka tumani chegarasida katta shodiyonalik bilan kutib olindilar. Milliy liboslarda, gullarga burkangan qizlar, saf tortgan yigitlar, mahalla vakillari intiqlik bilan mehmonlarga peshvoz chiqdilar. Karnay, surnay sadolari chor atrofga hamjixatlik, ahillik hukm surayotgan diyorda yana to'y-tantanadan darak berdi.

Andijonda “Kim edigu kim bo'ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ'ibot tadbirlari boshlandi

Andijon viloyatidagi tadbirlar 14 ta tumanda, ya'ni Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bo'z, Jalolquduq,Izboskan, Marhamat, Oltinko'l, Paxtaobod, Ulug'nor, Xo'jaobod, Shahrixon, Qo'rg'ontepa, Andijon tumanlari hamda Xonobod va Andijon shaharlarida o'tkaziladi.

Andijonda “Kim edigu kim bo'ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ'ibot tadbirlari boshlandi

Bugun viloyat hokimligida ushbu tadbir yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi. Tadbirda targ'ibot guruhi a'zolari, viloyatda faoliyat yurituvchi ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Andijonda “Kim edigu kim bo'ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ'ibot tadbirlari boshlandi

Anjumanni Andijon viloyati hokimi birinchi o'rinbosari Muhammadjon Nishonov ochib, tadbirning mazmun-mohiyati va uning tashkiliy jihatlariga to'hatilib o'tdi. Shundan so'z olgan O'zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i Jamoldin Uzoqov matbuot xodimlaridan joylarda o'tkaziladigan har bir tadbirni yoritish jarayoniga ijodiy yondashish, aholi, ayniqsa yoshlarning ko'tarinki kayfiyati, shukronalik hissini viloyat va markaziy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish masalalariga alohida e'tibor berishlariga to'htalib o'tdi. O'zbekistonda xalq artisti Gavhar Zokirova hamda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Abdurayim Abduvahobovlar ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

Shundan so'ng targ'ibot guruhi a'zolari tadbirlarni o'tkazish uchun tumanlarga yo'l oldi.

Elmurod ERMATOV, Andijon

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн