Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

365 kunlik ta'til: Shveytsariyalik sayyohlar O'zbekiston bo'ylab sayohat qilishmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 272           Дата: 8-07-2016, 21:42          
365 kunlik ta'til: Shveytsariyalik sayyohlar O'zbekiston bo'ylab sayohat qilishmoqda

Shveytsariyalik Magali va Devid 365 kunlik mehnat ta'tiliga chiqib, Istanbuldan Sidneyga sayohatga otlanishdi. Aprel oyida sayohatni boshlagan juftlik iyul oyining boshida, ya'ni sayohatning 90-kuni yo'nalishdagi oltinchi mamlakat – O'zbekistonga etib kelishdi.

Poytaxtda biroz muddat bo'lgan shveytsariyaliklar tarixiy obidalar, madaniyat, turmush tarzi va mahalliy oshxona bilan tanishish maqsadida avval Xivaga, so'ng Xorazm bilan chegaradosh Qoraqalpog'istonga yo'l olishdi. Oldinda esa – Buxoro va Samarqand shaharlari.

Magali va Devid o'z sayohatlari haqida 365daysoff.ch («365 kunlik ta'til») blogida hikoya qilish bilan birga fotosuratlar va videoroliklar ham taqdim etib borishadi.

Toshkent haqidagi tasavvurlari bilan bo'lishgan shveytsariyalik juftlik unga “zamonaviy va juda ozoda shahar” deya baho berishadi, mamlakatga kirish esa ular uchun internet tarmoqlarida tasvirlangandek qiyin bo'lmaganini ta'kidlashdi. “Hech kim bizdan telefon va noutbuklarimizdagi surat va videolarni ko'rsatishni so'ragani yo'q, shuningdek o'zimiz bilan olib ketayotgan dorilar ham ortiqcha tekshirilmadi”, - deb yozishdi sayyohlar.

Hozirga qadar ko'rganlari orasida ularga Toshkentning Eski shahar qismi va Qoraqalpog'istondagi qadimiy qal'alar yoqqanini aytishgan. Shuningdek issiqda chanqoqni qoldiruvchi sharbatlarimiz ularga juda ma'qul kelgan.

Magali va Devid Xivada velosipedda harakatlanishgan. “Anchadan beri avtomobillar yurishi taqiqlangan erlarda bunchalik maza qilmagan edik”, - deb yozilgan Xiva bo'ylab velosayohat videosi ostida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн