Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonga qo'shni mamlakatlar hududidan chorva mollari olib kirilishiga cheklov qo'yildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 361           Дата: 7-07-2016, 21:01          
O'zbekistonga qo'shni mamlakatlar hududidan chorva mollari olib kirilishiga cheklov qo'yildi

O'zbekistonda kuydirgi kasalligi va boshqa xavfli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi tabiiy o'choqlar ustidan doimiy laboratoriya monitoringi yuritilmoqda. Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya sohasi mutaxassislari, jamoat tuzilmalari ishtirokida profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar rejasi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda joylardagi sanitariya nazorati, veterinariya punktlari faoliyatini yanada takomillashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini qat'iy nazoratga olishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirining o'rinbosari, bosh davlat sanitariya vrachi Saidmurod Saidaliev bu xususda O'zA muxbiriga ma'lumot bergan.

Qayd etish kerakki, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti va Hayvonlar sog'lig'ini himoya qilish xalqaro tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, ayrim mamlakatlarda bir qator xavfli yuqumli kasalliklar, xususan, kuydirgi, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bo'yicha vaziyat murakkab bo'lib turibdi.

"Bu yil qish odatdagidan ancha iliq keldi. Bu xavfli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi hasharotlarning ko'payishiga zamin yaratdi. Bunday vaziyatda ushbu hasharotlar yashaydigan hududlarda kuzatuv, monitoring nazorat ishlarini kuchaytirish, dezinfektsiya, dezinsektsiya, deratizatsiya ishlarini tizimli asosda tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Olimlar va mutaxassislar arbovirusli infektsiyalarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, epizootologiyasini o'rganish yuzasidan ilmiy izlanish olib bormoqda.

Aytish joizki, kuydirgi va Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qo'zg'atuvchilarining asosiy manbalari chorva mollari hisoblanadi. Shu bois profilaktika chora-tadbirlarini avvalo chorva mollari o'rtasida o'tkazish, veterinariya punktlari va laboratoriyalarining salohiyatini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. Ana shu vazifalarni bajarish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir. Chorva mollarini o'z vaqtida veterinariya ko'rigidan o'tkazish, yuqumli kasalliklarga qarshi emlash yo'lga qo'yilgan. Mol so'yiladigan zamonaviy kushxonalar, maydonchalar barpo etilib, ular zarur vositalar bilan jihozlangan. Sifatli go'sht va go'sht mahsulotlarini ishlab chiqarish, iste'molchiga sanitariya talablariga mos holda etkazish tizimi shakllangan.

Kuydirgi va boshqa xavfli yuqumli kasalliklarning insonlar orasida uchrashining oldini olish borasida sanitariya-epidemiologiya sohasi va tibbiyot xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilayotir. Chegara hududlarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorati punktlarida chetdan kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar tibbiy ko'rikdan o'tkazilmoqda. Tibbiyot xodimlari hushyorligini oshirish maqsadida joylarda malaka oshirish mashg'ulotlari, seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Bu jarayonda kasallikning etiologiyasi, epidemiologiyasi, diagnostikasi, klinikasi, profilaktika va davolashning samarali usullari yuzasidan tajriba almashilmoqda", degan vazir o'rinbosari.

O'zbekiston Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshlig'i Bahrom Norqobilovning ma'lum qilishicha, Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi kelib chiqishining oldini olish maqsadida joriy yilda 230 mingga yaqin chorvachilik ob'ektlari dezinfektsiya qilindi. Shuningdek, 24 milliondan ortiq chorva profilaktik cho'miltirildi. 30 million boshdan ortiq chorva mollari kuydirgi, 6 million 182 ming bosh chorva oqsil kasalligiga qarshi emlandi.

Kuydirgi, oqsil va boshqa turdagi xavfli kasalliklar yurtimizga chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida bozorlarda, kushxona, so'yish maydonchalari, go'sht do'konlari va boshqa joylarda chorva mollar migratsiyasi ustidan davlat veterinariya nazorati yanada kuchaytirildi. Qo'shni davlatlar bilan chegara hududlardagi barcha chorvachilik obektlari dezinfektsiya qilinib, chorva mollari ko'rikdan o'tkazilib, cho'miltirish tadbirlari amalga oshirildi. Qo'shni davlatlardan olib kelinayotgan chorvachilik mahsulotlari va hayvonlarni yurtimizga kiritish borasida ba'zi cheklovlar o'rnatildi. Yuqumli kasalliklar qayd etilgan davlatlardan ruxsatnomasiz olib kelingan dekorativ qushlar, tuxum, go'sht-sut va ulardan tayyorlangan mahsulotlar mamlakatimiz hududiga kirishining oldi olinmoqda.

Ilmiy manbalarda kuydirgi kasalligi bakteriyasining sporali shakli tashqi muhitga o'ta chidamli ekani qayd etilgan. Olimlar uning uzoq yillargacha tuproqda tirik saqlanish xususiyati borligini aniqlagan. Hayvonlar kasallikni tuproqda yotgan ana shu sporalar orqali yuqtiradi. Qrim-Kongo gemorragik isitmasi chorva mollarida uchraydigan kanalar orqali tarqaladi.

Bunday kasalliklar odamlarga yuqqanda, yashirin davri bir necha kungacha davom etadi. Kuydirgida badanda yara paydo bo'ladi. Qrim-Kongo gemorragik isitmasida harorat ko'tarilib, badanga toshmalar toshadi, zaharlanish alomatlari namoyon bo'ladi, qon ketadi. Bunday holatlarda zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qilish zarur. Uyda o'zi bilganicha davolanish og'ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Shifoxonalarda bunday xastaliklarni barvaqt aniqlash va samarali davolash uchun barcha sharoit yaratilgan.

Bunday muammolar kelib chiqishining oldini olish har bir insondan tibbiy madaniyat va o'z salomatligiga e'tiborli bo'lishni talab etadi. Buning uchun sog'lom turmush tarziga, sanitariya-gigiena qoidalariga to'la rioya etish lozim. Uylarda qoramol boqishda molxonalarni toza tutish, go'ng va boshqa chiqindilarning yig'ilib qolishi oqibatida turli infektsiyalarning paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik hamda dezinfektsiya, dezinsektsiya tadbirlarini o'tkazish, hayvonlarni yiliga bir marotaba kuydirgi kasalligiga qarshi profilaktik emlatish, hayvonlarda biror-bir kasallik alomatlari kuzatilganda darhol hududiy veterinariya xizmatiga murojaat etish darkor.

Bugungi kunda aholiga bu borada qulaylik yaratish va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o'z vaqtida tashkil etish maqsadida tumanlarda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya xodimlari, shifokorlar, mahalla faollari hamkorligida maxsus guruhlar tuzilib, ular xonadonlarda chorva mollarini ko'rikdan o'tkazish, hududlarda sanitariya-epidemiologiya holatini barqaror saqlash bo'yicha ish olib bormoqda.

Aholining tibbiy madaniyatini va hushyorligini oshirish maqsadida mahallalarda tibbiy targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Mobil telefonlarga o'ta xavfli yuqumli kasalliklardan himoyalanish bo'yicha sms-xabar jo'natish yo'lga qo'yildi. Ommaviy axborot vositalarida mutaxassislarning chiqishlari, maxsus ko'rsatuv, eshittirishlar tashkil etilmoqda. Bunday tadbirlardan ko'zlangan maqsad yuqumli kasalliklar bo'yicha ma'lumot berish, epidemiologik barqarorlikni ta'minlash, pirovard natijada inson salomatligini asrashdir. Bu borada yaratilayotgan zamonaviy sharoitlardan oqilona foydalanish, mamlakatimizda sanitariya-epidemiologiya holati barqarorligini ta'minlashga hissa qo'shish har birimizning burchimizdir. Binobarin, hech qanday xavotirga o'rin yo'q.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн