Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda jazirama havo sharoitida ishlashga oid haq-huquqlarga oydinlik kiritildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 243           Дата: 7-07-2016, 11:17          
O'zbekistonda jazirama havo sharoitida ishlashga oid haq-huquqlarga oydinlik kiritildi

O'zbekistonning aksar hududlarida iyul oyida yuqori havo harakati hukmronlik qilayotgani tufayli, mamlakat fuqarolarining respublika Mehnat vazirligiga murojaatlari soni ortib bormoqda. Ular, shu kabi jazirama ob-havo sharoitida korxonalarda ishlash tartibiga oydinlik kiritishni so'rashmoqda.

Shunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, g'ayrioddiy issiq havoda ishchilarni mehnatdan vaqtincha ozod qilish masalasi bo'yicha quyidagilarni e'lon qiladi.

O'zbekiston bosh sanitar shifokori tasdiqlagan ishlab chiqarish birlashmalari mikroiqlim sanitar-gigienik me'yorlariga ko'ra, ishlab chiqarish muhitida meteorologiya yoki mikroiqlim sharoitlari quyidagilardir: havo harorati, havoning nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va qizigan uskunalardan chiqadigan haroratga oid ko'rsatkichlardir.

Ushbu omillarni hisobga olgan holda, yopiq binolarda amalga oshiriladigan engil jismoniy ishlar uchun yilning sovuq va o'tish davridagi optimal mikroiqlim ko'rsatkichlari quyidagicha bo'lishi lozim: havo harorati – 20-23 daraja, havo nisbiy namligi – 40-60 foiz, havo harakati tezligi ko'pi bilan 0,2 m/sni tashkil etishi kerak. Ayni vaqtda, havo harorati 19-25 daraja, nisbiy namlik 75 foizdan ko'p bo'lmagan, havo harakati tezligi 0,3m/sdan oshmasligiga yo'l qo'yiladi.

Og'ir ish sharoitlarida, havo haroratining maqbul me'yorlari 4-5 daraja, yo'l qo'yiladigan me'yorlar bo'yicha 6 daraja past bo'lishi kerak. Yilning issiq davrida, havo haroratiga oid me'yorlar 2-3 darajaga ko'p bo'lishiga ham ruxsat beriladi.

Mazkur mikroiqlim me'yorlarini ishlab chiqarishdagi texnologik jarayon yoxud iqtisodiy jihatdan ta'minlash imkoni bo'lmagan sanoat inshootlarida ishchilarning qizib ketishi yoki sovub ketishiga qarshi choralar ko'rilishi kerak.

Xususan, ishchi atrofidagi havoni sovutish tizimi, havo dushi, dam olish va isitish xonalari, o'ta yuqori va past havo haroratidan himoya qiluvchi maxsus kiyim, shaxsiy muhofaza anjomlari, ishdagi dam olish vaqtlari kabilar shular jumlasidan. Issiq urishiga qarshi choralar sifatida, qurilmalar va to'sib turuvchi qoplamalarining tashqi harorati 45 darajadan oshmasligi kerak.

Bundan tashqari, Mehnat qonunchiligiga ko'ra, barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan sharoitlar yaratilishi lozim. Shu bilan birga, ayrim turdagi ishlarni bajaruvchilarga, mehnat sharoiti, sog'liqqa ta'siri va boshqa holatlardan kelib chiqqan holda, shartnomaga muvofiq, ish haqi kamaytirilmagan holda, mehnat vaqti davomiyligini kamaytirishga ruxsat beriladi.

Ish vaqti quyidagi shaxslarga nisbatan ish haqi saqlangan holda kamaytiriladi:

18 yoshga etmagan ishchilarga;
I va II guruh nogironlariga;
Noqulay mehnat sharoitlarida ishlovchilarga;
Jiddiy mazmunga ega ishlarda faoliyat yurituvchilar;
Davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilayotgan tashkilot va korxonalarda ishlayotgan 3 yoshgacha bo'lgan farzandi bor ayollar.

Qonunchilikka ko'ra, xavfli va noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotganlar, sharoit darajasiga muvofiq qo'shimcha ravishda 3-24 kungacha mehnat ta'tiliga chiqishlari mumkin.

Mehnat kodeksining 219 moddasida esa, ishchi o'z salomatligi yoki hayotiga tahdid soluvchi ishni bajarishdan bosh tortishga haqli ekani belgilab qo'yilgan.

Bu holatda, ishchi mehnat jarayonida uning salomatligi va hayotiga xavf soluvchi holat vujudga kelganidan ish beruvchini zudlik bilan ogohlantirishi kerak bo'ladi. Bu holatlar tasdiqlansa, ish beruvchi ularni bartaraf etish choralarini ko'radi. Agar, zaruriy choralar ko'rilmasa, ishchi toki uning sog'lig'i va hayotiga tahdid soluvchi holat bartaraf etilgunicha, ishlamaslikka haqli. Bu davr mobaynida, uning ish haqi saqlab qolinadi.

Mehnat vazirligi Axborot xizmati.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн