Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda Ramazon hayiti nega 6 iyul sanasida belgilanganligiga oydinlik kiritildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 217           Дата: 6-07-2016, 11:29          
O'zbekistonda Ramazon hayiti nega 6 iyul sanasida belgilanganligiga oydinlik kiritildi

O'zbekistonda Ramazon hayitining birinchi kunini belgilashda, Astronomiya institutining hilol - yangi oyni ko'rish haqidagi xulosasi va O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining qarori asos qilinib, joriy yilning 6 iyul chorshanba kuni Ramazon-hayiti birinchi kuniga to'g'ri kelishi ma'lum bo'ldi. Bu haqda Din ishlari bo'yicha qo'mita masjidlar bilan ishlash bo'limi mudiri M.Yo'ldoshev ma'lum qilmoqda.

Joriy yilda hijriy-qamariy taqvimga binoan Ramazon oyi 30 kun bo'lib, arab mamlakatlarining oyni kuzatish markazlari xulosasiga ko'ra, musulmon davlatlari, jumladan, Saudiya Arabistonida ham Ramazon hayitining birinchi kuni 6 iyul kuniga to'g'ri kelishi taxmin qilinmokda.

Ayni paytda, ta'kidash joizki, Saudiya Arabistonida hayitning birinchi kunini belgilash Rasulullohning (s.a.v.) “Yangi oyni ko'rib ro'za tutinglar va yangi oyni kurib hayit qilinglar”, degan hadisi shariflariga asosan maxsus tuzilgan ulamolar guruhi tomonidan Ramazon oyining oxirgi kuni ko'z bilan oyni ko'rish orqali amalga oshiriladi. Shunga ko'ra, Ramazon hayitining birinchi kunini belgilashda tafovut yuzaga kelib qolishi holatlari mavjud.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti bergan ma'lumotga ko'ra joriy yilda O'zbekistonda hilolning ko'rinishi 5 iyul kuni Quyosh botgandan so'ng kuzatiladi. Shunga ko'ra, O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 6 iyul kunini hayitning birinchi kuni, deb e'lon qilinishi haqida qaror qabul qilindi.

Bunday to'xtamga kelinishi Islom ta'limotiga muvofiq, Rasululloh (s.a.v.) ning “Yangi oyni ko'rib ro'za tutinglar va yangi oyni ko'rib hayit qilinglar”, degan hadisi shariflariga mos keladi.

Ramazon oyining yurtimizda to'liq 30 kun davom etishi azaliy milliy va diniy qadriyatlarimiz hamda urf-odatlarimizga mos va hamohang hisoblanadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн