Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Litva delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyurdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 123           Дата: 6-07-2016, 11:29          
Litva delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyurdi

O'zbekistonga tashrif buyurgan Litva Seymining O'zbekiston bilan parlamentlararo hamkorlik guruhi rahbari Valerius Simulik rahbarligidagi delegatsiya a'zolari 5 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o'rinbosari Sarvar Otamurodov bilan uchrashdi. Bu haqda “O'zA” xabar bermoqda.

Muloqot chog'ida O'zbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi o'rtasidagi aloqalar turli yo'nalishlarda rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qilayotgani alohida ta'kidlandi.

Muzokara davomida mehmonlarga O'zbekistonning ikki palatali parlamenti faoliyati to'g'risida so'zlab berildi. Mehmonlar O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholadi. O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot o'sishi so'nggi 11 yilda muntazam sakkiz foizdan yuqori bo'layotgani, makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga erishilayotgani O'zbekistonda barcha sohalar qatori iqtisodiyotni izchil rivojlantirish borasida olib borilayotgan oqilona siyosat samaralaridan ekani qayd etildi.

– Litva O'zbekiston bilan strategik hamkorlik qilishdan manfaatdor, – dedi Valerius Simulik. – Zero, jadal rivojlanib borayotgan O'zbekistonda ko'plab sohalarda ulkan o'zgarishlar kuzatilmoqda. Bunda mamlakatingizdagi tinchlik va barqarorlik, uning jahon hamjamiyatida tobora yuksalib borayotgan nufuzi muhim omil bo'lmoqda.

Litva delegatsiyasi O'zbekistonning qator vazirlik va idoralarida ham muzokaralar o'tkazdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031