Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti namozi qalblarda iymon va xotirjamlik ila ado etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 779           Дата: 6-07-2016, 11:28          
O'zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti namozi qalblarda iymon va xotirjamlik ila ado etildi

6 iyul O'zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti munosabati bilan hayit namozi tadbirlari bo'lib o'tdi.
O'zbekiston rahbarining 2016 yil 1 iyuldagi “Ramazon hayitini nishonlash to'g'risida”gi qaroriga muvofiq bu yil ham yurtimizda ushbu ayyom bayram qilinmoqda. O'zbekistondagi barcha jome' masjidlarida mo'min-musulmonlar hayit namozlarini emin-erkin ado etib, Yaratgandan yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, to'kin-sochinlik va farovonlik bardavom bo'lishini tilab, duo qildi. Bir-birini bayram bilan tabriklab, sovg'alar ulashdi.

O'zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti namozi qalblarda iymon va xotirjamlik ila ado etildi

Bu yil “Hazrati imom” markaziy masjidi har yilgidan-da namozxonlar bilan gavjum bo'ldi. Muftiy hazratlari barchani ushbu ulug' bayram bilan qutlab, tinch va osuda yurtda yashayotganimiz, xotirjam ibodatlar qilayotganimiz uchun Yaratganga takror va takror shukronalar aytdilar. Jomega tashrif buyurgan 50 mingdan ziyodroq namozxonlar emin-erkin hayit namozini ado etib, bir-birlarini bayram bilan samimiy muborakbod etishdi. Mohi mahbubning fayzu tarovati yuzlarida balqib turgan namozxonlar, ko'zlaridan oqqan sevinch yoshini berkitolmadilar. Qalblar erib turgan shu fursatlarda ketma-ket duolar qildilar.

O'zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti namozi qalblarda iymon va xotirjamlik ila ado etildi

O'zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti namozi qalblarda iymon va xotirjamlik ila ado etildi

O'zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti namozi qalblarda iymon va xotirjamlik ila ado etildi

Andijon viloyatidagi masjidlarda ham muborak hayit namozi o'qildi.

– Yaratganga shukr, muborak Ramazon hayitini yaxshi kayfiyatda, ko'tarinki ruhda o'tkazayapmiz, – deydi O'zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh imomi Nuriddin Xoliqnazarov. – Aholiga bayram shukuhini singdirish, diniy amallarni ado etish uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarni tushuntirish maqsadida mahallalarda keng ko'lamli tushuntirish ishlari olib bordik.
Jumladan, Andijon viloyati Oltinko'l tumanidagi jome masjidlarida erta tongda o'qilgan namozdan so'ng nuroniylarimiz Yaratgandan yurtimiz ravnaqi, baxtu iqbolini, mustaqilligimizning bardavom bo'lishini so'rab duoga qo'l ochdilar. Hayit namoziga kelgan insonlar yuz-ko'ziga boqib, bugungi kundan beadad shukronalik hissini tuyasiz.
- Ushbu ayyom kunlari keksalarga alohida hurmat-ehtirom ko'rsatish, bemorlar holidan xabar olib g'amxo'rlik va yordam ko'rsatish kabi xayrli an'analarimiz yanada yorqinroq namoyon bo'ladi, - deydi Oltinko'l qishloq fuqarolar yig'ini raisi Isomiddin Mirzavaliev.

O'zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti namozi qalblarda iymon va xotirjamlik ila ado etildi

O'zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti namozi qalblarda iymon va xotirjamlik ila ado etildi

Surxondaryo viloyatida ham muborak Ramazon hayiti milliy qadriyatlarimizga mos yuksak saviyada nishonlanmoqda.
Saxovat, ezgulik bayrami munosabati bilan viloyatdagi mahalla va qishloqlarda, har bir xonadonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, ko'cha va xiyobonlar, ariq-zovurlar tozalandi. Tarixiy obida va muqaddas qadamjolar, qabristonlar atrofi tartibga keltirildi.

O'zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti namozi qalblarda iymon va xotirjamlik ila ado etildi

O'zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti namozi qalblarda iymon va xotirjamlik ila ado etildi

Haqiqatan ham, Hayit bayrami xursandchilik, shukronalik bayrami. Zero, tinchlik-omonlik, tansihatlik, Ramazonga beriladigan ajru-mukofotlar ko'pligi aynan bayram qilinishiga asosiy omildir, desak mubolag'a bo'lmaydi. Gunohlardan poklangan qalb, ezgulikka to'ladi. Ezgulikka limmo-lim dillardan to'kilgan duolar esa beshak ijobat bo'lgay, inshoalloh!
Masjidga kelgan nuroniy otaxonlarimiz ana shunday qutlug', falak darvozasi ochilgan damlarda yurtga tinchlik-farovonlik, dasturxonlarga to'kinlik, qut-baraka, kelasi yil Ramazon oylariga hamda hayit kunlariga bekamu-ko'st etib bormog'ligimizni so'rab duolar qilishdi.
Barchamizga yana bir bor Ramazon hayiti muborak bo'lsin, aziz Yurtdoshlar.

Maqola Muslim.uz va Uza.uz materiallari asosida tayyorlandi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031