Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston kuydirgi kasalligi tufayli Qozog'iston bilan chegarada nazoratni kuchaytirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 758           Дата: 5-07-2016, 10:50          
O'zbekiston kuydirgi kasalligi tufayli Qozog'iston bilan chegarada nazoratni kuchaytirdi

O'zbekiston sanitar-veterinariya xizmatlari Qozog'istonda kuydirgi kasalligi avj olganligi tufayli chegaradagi nazoratni kuchaytirgan. Bu haqda RIA Novosti agentligi O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi sanitariya inspektsiyasi vakiliga asoslanib xabar qilgan.

Iyun oyi oxirida Qozog'istonning Qarag'anda viloyatida 9 kishi kuydirgi kasalligiga chalinganligi gumon qilinib, yuqumli kasalliklar kasalxonasiga yotqizilgandi. Keyinchalik bemorlarning 2 nafari hayotdan ko'z yumgan.

Qozog'iston Milliy iqtisodiyot vazirligi matbuot-xizmati bergan ma'lumotlarga ko'ra, Erqindik tumani aholisi orasida 8 kishi shu kasalga chalingan. Kasallik avj olgan qishloq handaq bilan to'sib qo'yildi.

Biroz vaqtdan keyin O'zbekiston bilan chegaradosh hududda — Janubiy-Qozog'iston viloyatida kuydirgi kasalligi avj olgani haqida ma'lumotlar tarqalgan.

"Bugungi kunda kuydirgi kasalligini yuqtirish holatlari O'zbekistonda qayd etilmagan. Ammo, shunday bo'lsa-da, bu holat qattiq nazoratga olingan. Qozog'iston bilan chegarada, chegara punktlarida har kuni sanitariya-epidemiologiya xodimlari navbatchilik qilishmoqda", — degan agentlik manbasi.

Manbaning ta'kidlashicha, nazorat-o'tkazuv punktlarida chegaradan olib o'tilayotgan mahsulotlar qattiq nazoratdan o'tkazilib, jonivorlar emlanmoqda, aholi orasida vaktsinatsiya o'tkazilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi veterinariya Bosh boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, yozgi mavsumda jazirama tufayli yuqumli kasalliklar tarqalishi holati avj oladi. Shu tufayli hududlarda profilaktika ishlari kuchaytiriladi.

Qozog'istonda kuydirgi kasalligining avj olishi munosabati bilan Qirg'iziston o'z chegarasidagi nazoratni kuchaytirgan.

RIA Novosti xabarida eslatilishicha, 2014 yilning iyulida O'zbekistonning Sirdaryo viloyatida 30dan ortiq kishi "Sibir yarasi" tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн