Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

50 yil avvalgi muzokaralarga bir nazar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 337           Дата: 3-07-2016, 20:33          
50 yil avvalgi muzokaralarga bir nazar

Shu yilning 23-24 iyun kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan ShHT sammitida Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining ShHTga a'zo davlat maqomini olish yo'lidagi majburiyatlari to'g'risidagi memorandumlar imzolangani muhim voqealardan bo'ldi. Anjuman yakunida bo'lib o'tgan brifingda O'zbekiston prezidenti Islom Karimov Hindiston va Pokistonning ShHTning teng huquqli a'zosi maqomiga ega bo'lishi tashkilot imkoniyatlarini kengaytirib, xalqaro maydonda dolzarb muammolarni hal etish, mintaqa va umuman dunyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlaydigan ko'p tomonlama mexanizm sifatida tashkilot rolini yanada oshirishga xizmat qilishini ta'kidlab o'tdi.

Davlat rahbari kuni kecha Qashqadaryo viloyatiga safari chog'ida Qarshi tumanidagi “Shukrona” fermer xo'jaligida bo'lib o'tgan uchrashuvda yana bir tarixiy voqeani eslatib o'tdi. Bundan yarim asr muqaddam aynan Toshkentda Hindiston va Pokiston o'rtasida alanga olishi mumkin bo'lgan urushning oldi olingan edi.

Toshkentga baho berilganda, tinchlik, do'stlik shahri deya ta'riflanadi. “Toshkent ruhi” degan ibora ham tez-tez tilga olinadi. Bun gaplarda jon bor, albatta.
Bundan roppa rosa 50 yil avval bo'lgani kabi bu gal ham Toshkent Hindiston va Pokiston o'rtasida chiqishi ehtimoli bo'lgan nizolarning oldini olish maydoniga aylandi.

1966 yilning 11 yanvarida Pokiston prezidenti Muhammad Ayyub Xon va Hindiston bosh vaziri Lal Bahodur Shastri tomonidan Toshkent deklaratsiyasi imzolangan va ikki mamlakat o'rtasida davom etayotgan qurolli nizolarga barham berilgan edi. Ularning har ikkisi kuchli siyosatchi edi. Harbiy bo'lmish Muhammad Ayyub Xon harbiy to'ntarish orqali hokimiyatga kelgan va referendum orqali o'z hokimiyatini mustahkamlab olgandi. Shastri esa mustaqil Hindistonning Javoharla'l Nerudan keyingi ikkinchi rahbari edi. Muzokaralar oson kechmadi. Tomonlar bir-birlarini ayblar ekan, qurolli mojarolar uchun mas'uliyatni o'z zimmalariga olishni istashmasdi. Toshkentda ko'rilgan diplomatik sa'y-harakatlar samarasiz bo'lmadi. O'sha yili «Ogonyok» jurnalida Hindiston va Pokiston rahbarlarining bir-birlarining qo'llarini ushlab turgan suratlari chop etildi. Surat ostida “Mir i sotrudnichestvo — vot chto takoe istoricheskaya Tashkentskaya deklaratsiya, i ee uslyshal ves mir” (Tinchlik va hamkorlik - Toshkent deklaratsiyasining ahamiyati mana shunda, uni butun jahon tinglaydi”) degan so'zlar bor edi. Ayubxon ham, Shastri ham birinchi galda o'zlarining siyosiy taqdirlarini emas, balki mamlakatlarining kelajagini o'ylab Toshkent deklaratsiyasiga imzo chekishdi.

50 yil avvalgi muzokaralarga bir nazar

O'shanda Toshkent deklaratsiyasi mintaqa siyosiy va diplomatiya tarixida unutilmas hodisa sifatida tan olingan edi. Bu gal ham ShHTga a'zo bo'lishi kutilayotgan bu ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarda muammolar yuz berishi oldi olinadi, do'stlik aloqalari mustahkamlanadi.

Birinchi Hind-Pokiston urushi 1947 yilning 22 oktyabriga o'tar kechasi boshlandi. 1965 yilning aprelida ikkinchi Hindiston-Pokiston urushi alanga oldi. G'arb mamlakatlarining yarashtirish borasidagi sa'y-harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Aslida kelishmovchiliklar 1947 yilda Buyuk Britaniyaning mustamlakasi bo'lmish Hindistonning ikkiga - Hindiston Ittifoqi va Pokistonga bo'linishi bilanoq boshlangandi. 200 yillik mustamlakachilikdan so'ng Buyuk Britaniya Hindistonga mustaqillik berishga majbur bo'ldi. Kashmir hukmdori mintaqa aholisining 90 foizi musulmon bo'lishiga qaramay Angliya parlamenti tomonidan Hindiston mustaqilligi to'g'risidagi qonunga asoslanib, Kashmirni Hindiston tarkibiga kiritishga qaror qiladi. Bu qaror Pokiston tomonidan qabul qilinmaydi. Bu o'z navbatida ikki mamlakat o'rtasida qurolli to'qnashuvlarga sabab bo'ldi. Natijada Kashmir ikkiga bo'linadi. Ya'ni Kashmirning 86 ming kavdrat kilometri Pokiston, 130 ming kvadrat kilometri Hindiston tomonidan nazorat qilinadi. Hindiston nazoratidagi hudud Jammu va Kashmir shtati deb yuritiladi. Buyuk Britaniya mustamlakasi davridan buyon Kashmirning mustaqil davlat sifatida e'lon qilinishi tarafdorlari bo'lmish milliy harakatlarning faolashuvi esa masalani yanada murakkablashtirdi.

50 yil avvalgi muzokaralarga bir nazar

Kashmir masalasi kun tartibiga qo'yilishi bilanoq Britaniya Hamdo'stligi doirasida Buyuk Britaniya va Avstraliyaning sa'y-harakatlari ham, BMTning aralashuvi ham samara bermadi. 1965 yilgi qurolli mojarolarga munosabatda jahon davlatlarining fikri bir erdan chiqdi. Hech bir davlat to'qnashuv qamrovi kengayishini istamasdi. 1965 yil 8 sentyabrda Vashington va London mojaroni to'xtatish maqsadida mintaqaga qurol-yarog' etkazib berilishi to'xtatilishi borasida bayonot berdi. Ammo bu qaror teskari natijani keltirib chiqardi. O't ochishni to'xtatish o'rniga tomonlar kurashni davom ettirishga qaror qilishdi. G'arb diplomatiyasi qurolli to'qnashuvni to'xtatishga emas, har ikki tomondagi “Urushlar partiyasi”ning faollashuviga olib keldi.

Har ikki mamlakat turli bloklarga a'zoligi sabab bu nizolar mintaqaning boshqa davlatlarini ham qamrab olish xavfi paydo bo'ldi. Toshkent ularni yarashtirish maydoniga aylandi. Tinchlik shahrida deyarli bir hafta (3 -10 yanvar kunlari) muzokaralar bo'lib o'tdi. Oxir-oqibat tinchlik bitimi imzolanganidan keyin, xursandchilikka yuragi dosh bera olmay, Shastri vafot etgan. Shastrining Hindiston bayrog'i yopilgan tobutini Pokiston prezidenti ham aeroportgacha kuzatib qo'ydi. Uning o'limi qo'lga kiritilgan siyosiy muvaffaqiyatlarga ozgina bo'lsa-da soya solgani yo'q. U tinchlik uchun va tinchlik yo'lida hayotidan ko'z yumdi. Hindistoning mashhur siyosatchisi sharafiga Toshkentda bir emas ikkita yodgorlik - byust va haykal o'rnatilgan.

Imzolangan hujjatga ko'ra, tomonlar o'z qurolli kuchlarini avvalgi marralara qaytardi, ikki mamlakat o'rtasida iqtisodiy va savdo aloqalari qayta tiklandi. Buning samarasi o'laroq siyosiy doiralarda “Toshkent ruhi” degan ibora ishlatila boshlandi. Toshkentning obro'si nafaqat Osiyo qit'asida, balki jahonda ancha yuksaklikka ko'tarildi.

To'g'ri, oradan olti yil o'tib, ya'ni 1971 yilda Hindiston va Pokiston o'rtasida yana qurolli to'qnashuv bo'lib o'tdi. Buning oqibatida Pokiston sharqiy mintaqasini boy berdi va mintaqa o'rnida Bangladesh davlati paydo bo'ldi. 1971 yilning dekabrida Hindiston va Pokiston o'rtasida yangi bitim imzolandi. Ammo shunga qaramay ikki mamlakat o'rtasida muntazam qurolli nizolar chiqib turadi. Shu sababli ham bu ikki mamlakatning ShHTga a'zoligi mavjud muammolarning bartaraf etilishiga xizmat qilishi shubhasiz. Toshkentda qabul qilingan hujjatning ahamiyati kattaligi ham shunda.

Sharofiddin To'laganov

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн