Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov: «Sobiq tuzum davrida Qashqadaryo viloyati qoloq hududlardan edi»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 631           Дата: 1-07-2016, 10:59          
Islom Karimov: «Sobiq tuzum davrida Qashqadaryo viloyati qoloq hududlardan edi»

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida 30 iyun kuni Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga tashrif buyurdi.

“Istiqlol yillarida mamlakatimizning boshqa viloyatlarida bo'lgani singari Surxon vohasida ham ulkan yangilanish va o'zgarishlar ro'y berdi. Shahar va qishloqlar qiyofasi tubdan o'zgarib, odamlarning turmush darajasi yuksalib borayotir. Bir paytlar faqat qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish bilan cheklangan vohada bugun sanoatning bir necha turi izchil rivojlanayotir. Zamonaviy ilg'or texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalar ishga tushirilmoqda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik taraqqiy etmoqda.

Bunday ulkan o'zgarish va yangilanishlarni viloyatda erishilayotgan yutuqlar misolida yaqqol ko'rish mumkin. Joriy yilning birinchi choragida viloyatda yalpi hududiy mahsulot o'sishi 8,4 foizni, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 7,6, qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish 7,4, qurilish-pudrat ishlari 11,5 foizni tashkil etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanishi natijasida viloyat yalpi hududiy mahsulotida kichik biznesning ulushi 57,4 foizga etdi. Xususiy sektorda qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilgani, sohaga ko'plab imtiyoz va preferentsiyalar berilayotgani kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanishini ta'minlamoqda. Shu yilning birinchi choragida viloyatda besh yuzga yaqin kichik biznes sub'ekti tashkil etildi. Tijorat banklari tomonidan xususiy sektorga 180 milliard so'mga yaqin kredit mablag'lari ajratildi”,- deyiladi tashrifga bag'ishlangan UzA materialida.
Islom Karimov viloyatga safarini Termiz shahrida milliy va zamonaviy me'morlik uslublari asosida barpo etilgan Xotira maydoni bilan tanishishdan boshladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 maydagi “2015-2017 yillarda Surxondaryo viloyatining yo'l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida”gi qarori ijrosi doirasida bunyod etilgan maydonda o'tganlarni xotirlash, yoshi ulug' insonlarni e'zozlab, hurmat bajo keltirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Mazkur maydon ikki gektarni egallagan. Bu erda Motamsaro ona haykali o'rnatilgan. Turli manzarali daraxt va anvoyi gullar bilan burkangan maydonda zamonaviy arxitektura va me'morlik an'analarini mujassam etgan keng ayvon barpo etilib, alyuminiydan tayyorlangan maxsus kitoblar o'rnatilgan. Ushbu kitoblarga Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan surxondaryoliklarning ism-familiyasi zarhal harflar bilan yozilgan.

Davlatimiz rahbari mazkur maydonning xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyat va an'analarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida to'xtaldi.

Prezidentimiz rahnamoligida xalqimizning munosib turmush kechirishi, dam olishi, madaniy hordiq chiqarishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Termiz shahrida bunyod etilayotgan muhtasham san'at saroyi ham buning yorqin ifodasidir.

“Qurilish ishlarini bugungi zamon talablariga mos holda olib borish kerak. Bu jarayonda avvalo loyihani puxta ishlash, salohiyatli pudratchi tashkilotlarni tanlash, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish darkor. Eng muhimi, bunday salobatli inshootlarga zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish, dizayni mosligiga alohida ahamiyat qaratish zarur. Biz qurayotgan bunday binolardan nainki bugungi, balki kelgusi avlodlar ham zavq olsin, asrlar davomida eslab, o'zgacha g'urur bilan yashasin”,- dedi Islom Karimov.

Davlatimiz rahbari Termiz tumanidagi “Yangiariq paxtakori” fermer xo'jaligi dalasida bo'lib, viloyat faollari va fermerlari bilan suhbatlashdi.

Prezidentimiz uchrashuvda qishloq xo'jaligi mahsulotlari parvarishida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, istiqbolli navlarni ekib, hosildorlikni yanada oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratdi. Dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi kuchayib borayotgan bir paytda mavjud ekin maydonlaridan samarali foydalanish va hududning eksport salohiyatini oshirish bo'yicha o'z takliflarini bildirdi.

Surxondaryo zamini uchun bu yil juda omadli keldi, dedi Prezidentimiz. Bu omad viloyat fermer va dehqonlarining 670 ming tonnalik ulkan xirmon bunyod etib, mamlakatimizda birinchi bo'lib g'alla topshirish bo'yicha shartnoma majburiyatini bajargani, turli sohalarda ulkan marralarni zabt etayotgani, mustaqilligimizning 25 yillik to'yiga munosib tuhfalar tayyorlayotganida yaqqol namoyon bo'lmoqda.
Islom Karimov Termiz shahridagi Hakim at-Termiziy majmuasini ziyorat qildi.

Prezidentimiz Hakim at-Termiziy majmuasini ta'mirlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi. Bunda vohaning o'ziga xos an'analari, zamonaviy me'morlik usullaridan foydalanish kerakligini qayd etdi.

Kunning ikkinchi yarmida Prezidentimiz Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati misli ko'rilmagan darajada yuksaldi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi, “Muborakneftgaz” unitar sho''ba korxonasi, Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi, Talimarjon issiqlik elektr stantsiyasi kabi zamonaviy sanoat korxonalari barpo etildi. “Hisorneftgaz”, “Ko'kdumaloqgaz”, “Sho'rtangazmahsulot” kabi yirik qo'shma korxonalar tashkil qilindi.
UzA ma'lumotiga ko'ra, viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi izchil oshmoqda. 2015 yilda bu ko'rsatkich 5,4 foiz, joriy yilning birinchi choragida 5,6 foiz o'sdi. Prezidentimizning 2013 yil 2 avgustdagi “2013-2016 yillarda Qashqadaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to'g'risida”gi qarori viloyat rivojini yangi bosqichga ko'tardi. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan dasturga asosan 598 loyiha amalga oshirilib, yangi korxonalar tashkil etildi, 11 mingdan ortiq yangi ish o'rni yaratildi.

Davlatimiz rahbarining 2013 yil 25 iyuldagi “Qarshi shahrini kelajakda qayta qurish rejasi va zamonaviy yo'l-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturi to'g'risida”gi qarori asosida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qarshi shahrining hududi 9 ming gektardan 17 ming gektarga kengaytirildi. Yangi yo'l va ko'priklar, ko'p qavatli uy-joylar, bog' va xiyobonlar, xizmat ko'rsatish ob'ektlari bunyod etildi. O'zbekiston, Mustaqillik, Amir Temur, Alisher Navoiy, Nasaf, Xonobod ko'chalari kengaytirilib, atrofi obodonlashtirildi.

Yo'l-transport infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 56 kilometrlik halqa yo'li qurilmoqda. Uning temir yo'l va daryolar bilan kesishadigan joylarida 6 zamonaviy yo'l o'tkazgich va ko'priklar bunyod etilmoqda. Bu shahar havosi musaffoligini va harakat xavfsizligini ta'minlaydi.

Prezidentimiz kapital ta'mirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etgan Qarshi temir yo'l vokzaliga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbarining 2012 yil 5 yanvardagi qaroriga asosan amalga oshirilgan “Maroqand-Qarshi temir yo'l uchastkasini elektrlashtirish” loyihasi mamlakatimizda transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e'tiborning yana bir yorqin namunasidir. Qarorga muvofiq qariyb 141 kilometrlik Maroqand-Qarshi uchastkasi to'liq elektrlashtirildi. Poezdlar harakatini boshqaradigan zamonaviy tizim yo'lga qo'yildi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida – 2015 yil 22 avgust kuni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdi Qarshi shahriga ilk qatnovini amalga oshirdi.

Prezidentimiz vokzal binosini ko'zdan kechirar ekan, uni yanada ko'rkamlashtirish, bino peshtoqini Qashqadaryo tarixiga oid naqshlar bilan bezatish, yo'lovchilarga zamonaviy qulaylik yaratish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

Yurtboshimiz “Nasaf” markaziy stadionini borib ko'rdi.

16 ming tomoshabinga mo'ljallangan ushbu stadion xalqaro talablarga javob beradi. Bu erda mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalar o'tkazilishi mumkin.

Islom Karimov stadionni rekonstruktsiya qilish, sportchilar va tomoshabinlar uchun qulayliklarni yanada oshirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo'yicha zarur tavsiyalar berdi.

Prezidentimiz Qarshi shahrining Mustaqillik va O'zbekiston ko'chalari chorrahasida bunyod etilgan kurantni ko'zdan kechirdi.

Qariyb 30 metrlik kurant oq marmar bilan qoplangan, milliy kolorit bilan bezatilgan. Aholi va transport vositalarining harakatlanishi uchun qulaylik va xavfsizlik yaratish maqsadida ulkan qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Mamlakatimizdagi aksariyat shaharlar qadimiy, ayni vaqtda zamonaviydir. Har bir shaharning o'ziga xos jihatlari bor. Shundan kelib chiqib, har bir shaharda boshqa joyda uchramaydigan, alohida ajralib turadigan maydonlar bo'lishi kerak. Bunday kurant va uning atrofidagi maydon Qarshi shahrining o'ziga xosligini ifodalaydi, dedi Islom Karimov. Yo'l va inshootlarni loyihalashtirish va qurishda shaharning kelgusi taraqqiyotini inobatga olish zarur.

Davlatimiz rahbari Mustaqillik ko'chasi bo'yidagi xiyobonga tashrif buyurdi.

Shahar aholisi va mehmonlarining dam olishi uchun imkoniyat yaratish, maydonda mo''tadil iqlimni ta'minlash maqsadida bu erda ulkan favvoralar bunyod etildi. Turli shakl va kattalikdagi favvoralar shaharga salqinlik bag'ishlaydi, tunda rang-barang chiroqlar yog'dusida jilolanadi. Mutasaddilarning ma'lum qilishicha, Qarshi shahrida 50 ta favvora qurilishi rejalashtirilgan, bugungi kunda ularning 28 tasi ishlab turibdi.

Prezidentimiz shahar qiyofasini yanada yaxshilash, aholining dam olishi uchun yaratilgan qulayliklarni tobora oshirish, hududni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish bo'yicha zarur tavsiyalar berdi.

Islom Karimov o'tgan yili Qashqadaryoga tashrifi chog'ida Amir Temur tarixiy ko'prigini ta'mirlash, daryo atrofini dam olish maskaniga aylantirish bo'yicha zarur tavsiyalar bergan.

O'tgan vaqt davomida bu erda ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Amir Temur ko'prigi zamonaviy talablar asosida rekonstruktsiya qilindi. Qashqadaryo daryosida uchta to'g'on qurildi. 51 katamaran, 2 turistik kater keltirildi. Qirg'oq bo'yidagi eski binolar o'rnida go'zal xiyobon bunyod etildi. Bolalar uchun zamonaviy attraktsionlar o'rnatildi. 14 kottej, 4 kafe-bar, bolalar maydonchalari, 4 sun'iy qoplamali sport maydonchasi barpo etildi. 24 gektar maydon ko'kalamzorlashtirilib, 4 mingdan ortiq manzarali daraxt va butalar ekildi.

Prezidentimiz ushbu ko'prik va xiyobon bilan tanishdi.

“Sobiq tuzum davrida Qashqadaryo viloyati qoloq hududlardan edi. Odamlar har tomonlama ezilgan, hayotdan norozi bo'lib yashardi. O'sha paytda viloyat rahbari sifatida ularning dardini ko'p eshitganman, “qachon bu zamon o'zgaradi, qachon ko'ksimizga shamol tegadi”, deb kuyunganlarni ko'p ko'rganman. Mana, o'sha orzu qilingan kunlar keldi. Mustaqillik sharofati, xalqimizning fidokorona mehnati tufayli mamlakatimiz har tomonlama obod bo'lib bormoqda, odamlar hayotidan rozi bo'lib yashamoqda. Bugungi zamonaviy sharoitlar biz hech kimdan kam emasmiz, hech kimdan kam bo'lmaymiz degan ezgu maqsadimizning amaliy ifodasidir”,- dedi Yurtboshimiz.

Davlatimiz rahbari qurilish va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, shahar qiyofasini yanada yaxshilash, aholining dam olishi uchun bundanda ko'proq qulayliklar yaratish bo'yicha zarur tavsiyalar berdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн