Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Maxsus brifing davomida Mehnat vazirligi bir guruh jurnalistlarni taqdirladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 144           Дата: 1-07-2016, 10:02          

2016 yil 30 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalari agentligi tomonidan “2016 yil yanvar-may oylarida aholini xorijda ish bilan ta'minlash, ularning mehnati va mehnat muhofazasini ta'minlash hamda boshqa masalalar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar” mavzusida brifing o'tkazildi. Unda Agentlik rahbari Ulug'bek Nazarov, tashkilotning mutasaddilari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Kirish so'zida TMMMA rahbari U.Nazarov O'zbekiston Respublikasining mustaqilligiga chorak asr to'lishi qalblarimizga ulkan quvonch baxsh etishini, respublikamizning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylanishi, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish sari dadil odimlari ulkan ijtimoiy-tarixiy jarayon ekanini ta'kidladi.

Ma'lumki, mamlakatimizda izchil tarzda davom etayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismi fuqarolarning mehnat qilishga bo'lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu dolzarb masalaga dasturiy yondashuv joriy etilgan bo'lib, aniq manzilli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bilamizki, hukumatimiz belgilagan dastur bo'yicha bu yil 992,7 ming nafar ish o'rni tashkil etish rejalashtirilgan.

Fuqarolarimizning konstitutsiyaviy huquqi bo'lgan mehnat huquqini ro'yobga chiqarishning yana bir muhim yo'nalishi – tashqi mehnat migratsiyasi sohasidir. O'zbekiston Hukumati qarorlariga ko'ra O'zbekiston fuqarolarini chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish hamda chet ellik fuqarolarni O'zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jarayonining tashkiliy-huquqiy ta'minotini Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi amalga oshiradi.

Maxsus brifing davomida Mehnat vazirligi bir guruh jurnalistlarni taqdirladi

Qonuniy asosda mehnat qilish chet elda ishlovchilar huquqlarini kafolatlashning muhim shartidir.

Yuqorida qayd etilgan qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan mehnat migratsiyasi yo'nalishlaridan ikkitasini shartli ravishda ko'rsatib o'tish mumkin. Birinchisi — bu agentlik tomonidan berilgan ruxsatnoma bo'yicha xususiy mehnat shartnomasi asosida fuqarolarning xorijga chiqishi hisoblanadi. Bugun dunyoning o'ttizga yaqin mamlakatida fuqarolarimiz shu tariqa mehnat qilmoqdalar. So'nggi ikki yil davomida Chexiya, Turkiya, Shveytsariya, Frantsiya, BAA, Hindiston va boshqa mamlakatlarda ishlash uchun shunday ruxsatnomalar berilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasining ikkinchi yo'nalishi – davlatlararo, hukumatlararo kelishuvlar, bitimlar orqali tashkiliy mehnat faoliyatini uyushtirishdir. 2006 yil O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Koreya Respublikasi Mehnat vazirligi o'rtasida Janubiy Koreyaga bandilikka ruxsat berish tizimi bo'yicha ishchi yuborish to'g'risida Memorandum imzolangan bo'lib, mazkur Memorandum har ikki yilda uzaytirilib kelinmoqda. Ushbu Memorandum doirasida 2007-2016-yillar davomida koreys tili testlari tashkillashtirilib, ulardan muvaffaqqiyatli o'tgan 25543 yurtdoshimiz Koreya Respublikasida ishga joylashtirildilar. Ayni paytda bu mamlakatda 16885 O'zbekiston fuqarosi mehnat qilmoqda.

Maxsus brifing davomida Mehnat vazirligi bir guruh jurnalistlarni taqdirladi

Hozirgi kunda hamkorlikni kengaytirish maqsadida bir necha yo'nalishda ish olib borilmoqda. Xususan, Yaponiya bilan 2012 yil 28 mayda O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Yaponiyaning ta'lim sohasidagi hamkorlik bo'yicha xalqaro tashkiloti (JITCO) o'rtasida o'zaro Anglashuv memorandumi imzolangan. Bugungi kunga qadar yaponiyalik sheriklar bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar o'tkazildi, tegishli bitimlar imzolandi. Shu kunlarda maxsus markaz tashkil qilish rejalashtirilgan, shuningdek, O'zbekiston — Yaponiya axborot markazi ishga tushirilmoqda.

Shuningdek, migratsiya sohasida chet el mamlakatlari bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida Rossiya, Chexiya, Polsha, O'mon Sultonligi va boshqa davlatlar bilan hamkorlik o'rnatilmoqda. Dunyo davlatlari bilan migratsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun Halqaro Migratsiya Tashkiloti, “Praga jarayoni” hamda “Budapesht jarayoni” xalqaro tuzilmalari bilan hamkorlik yo'lga qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasi globallashuv davrida jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi barobarida migratsiya jarayonlari kuchayishi tabiiydir. Yurtimizning isqtisodiy o'sishlari, beqiyos yutuqlarimiz dunyoning nazarini bizga qaratmoqda. Boshqa mamlakatlarning mutaxassislari ham O'zbekistonga ishga kelmoqdalar. Masalan, 2015 yil davomida mehnat faoliyatini olib borish uchun jalb qilingan chet el fuqarolariga mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasini, ularni jalb qilayotgan korxonalarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish ruxsatnomasini berish bo'yicha korxonaning tegishli ruxsatnoma va tasdiqnoma olishi bo'yicha 7813 arizalari ko'rib chiqildi. Xorijiy ishchi kuchini jalb qilayotgan 1469 ta korxona (ish beruvchi)ga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish ruxsatnomalari hamda 6344 nafar xorijiy fuqarolarga mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomalari rasmiylashtirildi. 2016 yil yanvar - may oylari davomida mehnat faoliyatini olib borish uchun jalb qilingan chet el fuqarolariga mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasini, ularni jalb qilayotgan korxonalarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish ruxsatnomasini berish bo'yicha maxsus komissiyaning Agentlikda bo'lib o'tgan 22 ta yig'ilishida korxonalarning tegishli ruxsatnoma va tasdiqnoma olishi bo'yicha 3801 arizalari ko'rib chiqildi. Xorijiy ishchi kuchini jalb qilayotgan 669 ta korxona (ish beruvchi)ga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish ruxsatnomalari hamda 3152 nafar xorijiy fuqarolarga mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomalari rasmiylashtirildi (muddati uzaytirildi).

Maxsus brifing davomida Mehnat vazirligi bir guruh jurnalistlarni taqdirladi

Xorijda ishlagan ishchi yangi, zamonaviy kasblarni o'rganib, kasb malakasini oshirib yurtga qaytadi. Agentligimiz Mehnat vazirligi va tegishli bandlik xizmatlari bilan hamkorlikda xorijdan qaytgan ishchilarni ishga joylashtirish sohasida ham muayyan ishlarni amalga oshirmoqda.

Brifing so'ngida Mehnat vazirligi faoliyatini yoritishda faollik ko'rsatgan iyun Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan, bir gurux jurnalistlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн