Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kasaba uyushmalari federatsiyasi “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi uchun 73 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirdi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 599           Дата: 2-12-2015, 14:39          

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.

Foto: O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq jamoat tashkiloti keksalar, nogironlar va aholining boshqa toifalari uchun ijtimoiy xizmatlarga oid qonun va boshqa qator hujjatlar loyihalariga takliflar kiritishda faol qatnashdi.

Dastur doirasida jamoat tashkilotining ishonch telefoni orqali 150 dan ortiq faxriyga bepul huquqiy maslahat berildi. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli vazirlik va idoralarda mehnat qilgan 1941—1945-yillardagi urush faxriylariga 300 ming so‘mdan pul mukofotlari topshirildi.

Ehtiyojmand va yolg‘iz keksalarga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar ajratish, uy-joylarini ta’mirlash, kommunal to‘lovlariga ko‘maklashish maqsadida 7 milliard 750 million so‘mga yaqin moddiy yordam ko‘rsatildi. Kam ta’minlangan faxriylarga kir yuvish mashinasi, mikroto‘lqinli pech va boshqa elektr-ro‘zg‘or jihozlari tuhfa etildi.

Tizimdagi 15 sihatgohda katta hajmdagi qurilish-rekonstruksiya ishlari bajarildi. Joriy yilning 1-dekabrigacha Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda vazirlik va idoralarga qarashli 36 sanatoriy-sog‘lomlashtirish maskanida qariyb 11,5 ming otaxon va onaxon sog‘lomlashtirildi.

Tizimdagi sihatgohlarda keksalarning bepul sog‘lomlashtirilishiga jiddiy e’tibor qaratildi. Bemor, imkoniyati cheklangan yoshi ulug‘ kishilar nogironlik aravachasi, tanometr, eshitish moslamasi, glyukometrlar bilan ta’minlandi.

Dastur doirasida otaxon va onaxonlarning O‘zbekistonning qadimiy shaharlari, madaniyat va ma’rifat maskanlariga sayohatlari tashkil etildi. Davlat dasturi ijrosi uchun O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan 73 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgani keksalarga hurmat ko‘rsatish mazkur jamoat tashkiloti faoliyatida ustuvor o‘rin tutganini ko‘rsatadi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031