Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Istanbuldagi terakt vaqtida jabrlanganlar orasida o'zbekistonlik ayol bor

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 649           Дата: 29-06-2016, 10:48          

29 iyunga o'tar kechasi Istanbul shahridagi Otaturk xalqaro aeroportida sodir etilgan portlashlar tufayli jabrlanganlar orasida O'zbekiston fuqarosi bor. Bu haqda kun.uz saytiga Istanbuldagi shifoxonaga jarohat olgan holda yotqizilgan o'zbekistonlik ayolning o'zi ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, 28 iyun oqshomida Toshkentdan Istanbulga HY274 reysi amalga oshirilgan. Bu samolyot Istanbul vaqti bilan soat 23:55da Toshkentga qaytish reysiga chiqishi kerak bo'lgan.

Bu hujumdan so'ng samolyotlarni qabul qilish va jo'natish to'xtatilgan. Mahalliy vaqt bilan bugun soat 02:00da esa parvozlar qaytadan yo'lga qo'yildi. Lekin hali HY274 reysi hali O'zbekistonga qaytmadi.

Hozircha "O'zbekiston havo yo'llari" AK saytida bu hodisa bo'yicha ma'lumot berilmadi. Kompaniya matbuot xizmatida bugun Toshkentdan yana bir reys Istanbulga parvoz qilgani, 28 iyun oqshomida ortga qaytishi kerak bo'lgan HY274 reysi taqdiri keyinroq ma'lum bo'lishi haqida aytildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda o'zbekistonlik foydalanuvchilar bu terakt vaqtida o'zbekistonliklar jabrlangan bo'lishi mumkinligidan xavotirlarini bildirishgan. Hodisa joyida olingan suratlardan birida tashqi ko'rinishi o'zbekistonliklarni eslatuvchi oila ko'rinadi.

Istanbuldagi terakt vaqtida jabrlanganlar orasida o'zbekistonlik ayol bor

Qayd etish kerakki, Anqara va Istanbul shaharlarida shu yilning bahorida yuz bergan portlashlar haqida O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatgandi. Yaqin vaqt ichida vazirlik saytida bu galgi terakt haqida ham ma'lumot e'lon qilinishi va terakt jabrlanuvchilari orasida O'zbekiston fuqarolari bor yoki yo'qligi haqida rasman ma'lum qilinishi kutilmoqda.

Birinchi portlash aeroportning umumiy foydalanish qismida sodir etildi. Shundan so'ng yana 2 terminalda portlash yuz berdi.

Aeroport hududiga bostirib kirgan 3 nafar jangari o't ochishi va yuz bergan portlashlar oqibatida 36 kishi halok bo'lgan, 147 kishi jarohatlangan.

Assoshieyted Press xabariga ko'ra, qurbonlar soni 50 nafar atrofida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн