Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda 1,4 tonna giyohvand vositalari yoqib yo'q qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 129           Дата: 28-06-2016, 20:51          
O'zbekistonda 1,4 tonna giyohvand vositalari yoqib yo'q qilindi

26 iyun «Xalqaro giyohvandlikka va giyohvand vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash» kuni munosabati hamda Narkotik moddalarini nazorat qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan joriy giyohvandlikka qarshi kurash oyligi doirasida O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) xodimlari 1,44 tonna giyohvand moddasini yoqib yuborishdi. Bu haqida idoraning matbuot xizmati ma'lum qildi.

«Giyohvand moddalar Toshkentdagi korxonalarning biriga tegishli o'choqlarda ularni nazorat qilish bo'yicha idoralararo komissiya a'zolari, BMTning giyohvand moddalar hamda jinoyatchilik, jamiyat va OAV boshqarmasi vakillari ishtirokida yoqib yuborildi», - deya xabar berdi MXX matbuot xizmati.

Idora ma'lumotlariga ko'ra, yo'q qilingan giyohvand moddalar umumiy miqdoridan 145 kilogrammni - geroin, 655 kilogrammni - opium, 115 kilogrammni - nasha, 496 kilogrammni - marixuana, 27 kilogrammni - ko'knor tashkil qilgan. Shu bilan birga dori vositalaridagi katta miqdorli giyohvand moddalar ham yo'q qilingan.

O'zbekistonda ilk marotaba giyohvand moddalar yoqib yuborilgan 1994 yildan bugungi kungacha 55,4 tonna giyohvand modda shu yo'l bilan yo'q qilingan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi giyohvand moddalarni nazorat qilish bo'yicha milliy axborot-tahlil markazi bergan ma'lumotlariga ko'ra, 2015 yilda O'zbekistonda noqonuniy muomalada bo'lgan 2,51 tonna giyohvand modda yo'q qilingan, shuningdek narkojinoyatlar bilan bog'liq 6648 mingta holat qayd etilgan.

foto:© RIA

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031