Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabat bilan tadbir o'tkazildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 152           Дата: 28-06-2016, 20:51          
Toshkentda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabat bilan tadbir o'tkazildi

Unda senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining vakillari, barcha turdagi media tuzilmalar, nashriyot-matbaa ijodiy uylari xodimlari, oliy ta'lim maskanlarining jurnalistika fakulteti professor-o'qituvchilari, faxriy jurnalistlar ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigini Prezidentning davlat maslatahatchisi Xayriddin Sultonov o'qib eshittirdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O'zbekistonda 1 ming 461 ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritmoqda.

Har yili an'anaviy tarzda o'tkazilayotgan milliy jurnalistika sohasida "Oltin qalam" xalqaro tanlovi, "Eng ulug', eng aziz" tanlovi, "Yilning eng faol jurnalisti", "Yilning eng yaxshi sport jurnalisti", "Jurnalistlar bahori", "Ozod yurt to'lqinlari" kabi ijodiy loyihalar ijod ahlini yangi-yangi marralar sari ruhlantirmoqda. Ayni paytda yurtdoshlarimizni bugungi ozod va obod, tinch va osoyishta hayotni ko'z qorachig'idek asrab-avaylashga undashda, ularda dorilomon kunlarimiz uchun shukronalik tuyg'ularini tobora mustahkamlashda, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish, ularni milliy hayot tarzimizga zid va begona bo'lgan g'oyalardan ishonchli himoyalashda jurnalist mas'uliyatini oshirishda bu kabi tanlovlarning ahamiyati katta bo'lmoqda.

Tadbirda "Yilning eng faol jurnalisti" respublika ko'rik-tanlovining g'olib va sovrindorlari taqdirlandi. O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ta'sis etilgan ijodiy tanlov g'oliblariga esdalik sovg'alari topshirildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн