Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov O'zbekistonda mahoratli jurnalistlar tayyorlash vazifasi hamon dolzarbligini ta'kidladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 160           Дата: 27-06-2016, 20:49          
Islom Karimov O'zbekistonda mahoratli jurnalistlar tayyorlash vazifasi hamon dolzarbligini ta'kidladi

O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jurnalistika sohasi vakillariga tabrik yo'lladi. Tabrik matni O'zA saytiga joylashtirilgan.

O'z tabrigida davlat rahbari hozirgi murakkab zamonda, jahon miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar, informatsion xurujlar tobora kuchayib borayotgan tahlikali bir vaziyatda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, oqni qoradan, rostni yolg'ondan ajratishga qodir insonlar etib tarbiyalashda, doimo hushyor, sezgir va ogoh bo'lib, voqelikka daxldorlik tuyg'usi bilan yashashga da'vat etishda mamlakat ommaviy axborot vositalarining o'rni va mas'uliyati har qachongidan ham ortib borayotgani hech kimga sir emasligini ta'kidlagan.

Islom Karimov O'zbekiston uchun yuksak kasb mahoratiga ega jurnalistlar, tahlilchi va sharhlovchilarni, muxtasar aytganda, o'z kasbining haqiqiy ustasi bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash vazifasi hamon dolzarbligini ta'kidlagan.

«Tez sur'atlar bilan o'zgarib, oldimizga bir-biridan o'tkir va dolzarb savollarni qo'yayotgan hozirgi murakkab zamonda, jahon miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar, informatsion xurujlar tobora kuchayib borayotgan tahlikali bir vaziyatda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, oqni qoradan, rostni yolg'ondan ajratishga qodir insonlar etib tarbiyalashda, doimo hushyor, sezgir va ogoh bo'lib, voqelikka daxldorlik tuyg'usi bilan yashashga da'vat etishda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining o'rni va mas'uliyati har qachongidan ham ortib borayotgani hech kimga sir emas», degan prezident.

Prezident bugungi globallashuv zamonida, internet asrida axborot uchun hech qanday chegara yo'qligi, bu sohada qandaydir «temir devor» qurib bo'lmasligini kimgadir tushuntirib, izohlab o'tirishning hojati yo'qligini qayd etgan.

«Jahon axborot makonidagi bunday mislsiz integratsiya jarayonlari bugungi yuksak taraqqiyot uchun beqiyos imkoniyatlar ochib berayotganini e'tirof etgan holda, axborot oqimi orqali afsuski, turli buzg'unchi g'oyalar, «ommaviy madaniyat» ko'rinishlari ham hayotimizga kirib kelayotganini inkor etib bo'lmaydi. Ular yoshlarimizning ongi va ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgani, ma'naviy qadriyatlarimizga, avlodlar o'rtasidagi vorisiylik an'analariga bepisand qarash kabi holatlar ham yon-atrofimizda uchrab turishi barchamizni tashvishga solmasdan qo'ymaydi», deyiladi tabrikda.

«Hayot hech qachon bir joyda to'xtab turmaydi, doimo yangi-yangi muammo va talablarni kun tartibiga qo'yadi.

Shu ma'noda, bugun biz o'z oldimizga qo'ygan ulug' maqsadlar, xususan, xalqimiz hayotini yanada farovon va obod qilish, dunyodagi eng rivojlangan, demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqaro maydonda O'zbekistonimizning obro'-e'tiborini yuksaltirish bo'yicha 2030 yilga qadar belgilab olgan dasturlarimizni amalga oshirishda biz butun xalqimiz qatori sizlarga, sizlarning iste'dod va mahoratingizga tayanamiz», deya OAV vakillariga yuzlangan davlat rahbari.

«Jurnalist mehnatining naqadar mashaqqatli va mas'uliyatli ekanini chuqur anglagan inson sifatida men, bugungi fursatdan foydalanib, sizlarning ezgu orzu-intilish va tashabbuslaringizni doimo qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanimni, sizlarni o'zimning eng yaqin yordamchim va maslakdoshlarim deb bilishimni takroran aytmoqchiman.

Sizlarni qutlug' bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, ijodiy yutuqlar tilayman», deya tabrigini yakunlagan Islom Karimov.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн