Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ investitsiyaviy forum doirasida 53 mln dollarlik hujjatlar imzoladi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 107           Дата: 2-12-2015, 12:49          

Islom Karimov tashabbusi bilan joriy yilning 5—6-noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro investitsiyaviy forum “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarni modernizatsiyalash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, tarmoqqa xorijiy investorlarni yanada keng jalb etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: O‘zA

Investitsiyaviy forum doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi xorijlik investorlar bilan umumiy qiymati qariyb 53 million dollarlik anglashuv memorandumlari va shartnomalar imzoladi.

Forum doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bilan Xitoy Xalq Respublikasining XSMG kompaniyasi o‘rtasida “Urganch ekskavator zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 44,4 foiz ulushini sotib olish yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi. Ayni paytda “O‘zbekiston temir yo‘llari” mutaxassislari xitoylik investorlar bilan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ygan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” va Fransiyaning “Alstom” kompaniyasi bilan asinxron tortishli elektr dvigatellari, Germaniyaning “Teichmann Group” kompaniyasi bilan yuk ko‘tarish mashinalari kranlari va mexanizmlarini modernizatsiya qilish, tiklash va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan imzolangan memorandumlarga muvofiq mazkur investitsiya loyihalari Toshkent mexanika zavodi bazasida amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, 2016-yilda investitsiya loyihalarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, muhandislik-transport kommunikatsiyalarini ulash, qo‘shma korxona tashkil qilish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash va bitim imzolash ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va ispaniyalik ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida yana ikkita Talgo rusumidagi poyezdni xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolandi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн