Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“O‘zbekenergo” AJ “Keksalarni e’zozlash yili” sohaviy dasturi ijrosiga 4,1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 573           Дата: 1-12-2015, 22:50          

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining sohaviy dasturi O‘zbekistonda qabul qilingan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan edi, deb xabar beradi “Review.uz”.

Foto: “Review.uz”

2015-yilning 1-noyabr holatiga “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan energiya tizimi keksalari va faxriylarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi sohaviy dasturning ijrosi doirasida 4142 million so‘mlik ishlar bajarildi.

Rejalashtirilgan tadbirlar doirasida energiya tizimidagi keksalar va faxriylar, shuningdek, 1941—1945-yillar urush va mehnat fronti faxriylarini ma’naviy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish yuzasidan belgilangan choralarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha komissiya tashkil etildi.

Bundan tashqari, faxriylarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyatlari va an’analariga muvofiq katta avlodning yoshlar tarbiyasidagi rolini oilada va jamiyatda mustahkamlash bo‘yicha qator tadbirlar belgilangan edi.

“O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2015-yil 1-noyabr holatiga sohaviy dastur doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

  • II jahon urushidagi G‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlab tantanali tadbirlar o‘tkazilib, urush qatnashchilari moddiy rag‘batlantirildi;
  • 870 dan ortiq energiya tizimining keksa yoshdagi kishilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va sog‘lomlashtirildi;
  • Keksalar va faxriylar sanatoriy va dam olish uylariga yo‘llanmalar bilan ta’minlandi;
  • Ishlamayotgan nafaqadagi keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida pensiyalariga qo‘shimcha ravishda moddiy yordam berildi va boshqa shu kabi ishlar amalga oshirildi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031