Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Akmal Kamalov “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi raisi etib tayinlandi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 889           Дата: 1-12-2015, 22:30          

Akmal Kamalov “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqaruvining raisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIVning Facebook’dagi sahifasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Akmal Kamalov 2014-yilning oktabridan beri O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

U Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti (1991-yil, muhandis-mexanik) va Prezident qoshidagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2004-yil, xalqaro iqtisodiy munosabatlar magistri) bitiruvchisi hisoblanadi. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

2001—2005-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat kompaniyasida xalqaro iqtisodiy aloqalar departamenti rahbari bo‘lib ishlagan.

2005—2011-yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi o‘rinbosari, keyin esa Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2011—2014-yillarda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, paxta tolasini qabul qilish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015-yil 27-oktabrdagi farmoniga asosan tashkil etilgan.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн