Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda favqulodda holat to'g'risidagi qonun qabul qilinadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 317           Дата: 25-06-2016, 20:36          
O'zbekistonda favqulodda holat to'g'risidagi qonun qabul qilinadi

O'zbekistonda «Favqulodda holat to'g'risida» qonun loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi. Hujjat matni interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga joylangan.

Unda qayd etilishicha, favqulodda holat, ma'lum bir vaziyatga barham berish, O'zbekiston konstitutsion tuzumi muhofazasini ta'minlash, hududiy yaxlitligi, jamoat xavfsizligi, mamlakat fuqarolarining huquq va erkinlari, qonuniy manfaatlari hamda xavfsizligini ta'minlash maqsadida joriy etilishi mumkin.

Shu bilan birga, mamlakatning bir qismida yoki barcha hududida favqulodda holat Prezident qarori bilan joriy etilishi, qaror 3 kun ichida Oliy Majlis palatalariga tasdiqlash uchun kiritilishi, shu muddat davomida Prezident qarori tasdiqlanmasa, o'z kuchini yo'qotishi qayd etilgan.

Loyihada, shuningdek, Favqulodda holat joriy qilishga sabab bo'luvchi omillarga, uning muddati va uzaytirilish shartlariga ham oydinlik kiritilgan.

Favqulodda holat tartibini ta'minlash maqsadida IIV, MXX va FVV kuchlaridan foydalaniladi. Istisno hollarda, Davlat rahbari qarori asosida Qurolli kuchlar ham jalb etilishi mumkin, deyiladi loyiha matnida.

Hujjatda, mamlakat hududida favqulodda sud mahkamalari tashkil etish taqiqlanishi ham uqdirilgan.

Bundan tashqari, loyihaga favqulodda holatlar vaqtida fuqarolarning huquq va burchlari xususida bandlar kiritilgan.

Qonun loyihasi O'zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Foto: MChS Uzbekistana

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Май 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
    1234567
    891011121314
    15161718192021
    22232425262728
    293031