Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hindiston va Pokistonning ShHTga kirishi bo'yicha memorandum qabul qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 177           Дата: 25-06-2016, 00:22          
Hindiston va Pokistonning ShHTga kirishi bo'yicha memorandum qabul qilindi

Shanxay hamkorlik tashkiloti a'zolari Toshkentdagi sammit vaqtida Hindiston va Pokistonning ShHTga to'laqonli a'zo davlat maqomini olishi uchun majburiyatlari to'g'risidagi memorandum imzolandi.

Endilikda Hindiston va Pokistonning ShHTga to'laqonli a'zo bo'lish jarayoni oxirgi bosqichga o'tdi. 2015 yilning yozida Ufada bo'lib o'tgan sammitda bu davlatlarning a'zo bo'lishi bo'yicha jarayon boshlangandi.

«Davlat rahbarlari tashkilotning normativ-huquqiy hujjatlarida aks etgan talab va shartlarga muvofiq keladigan manfaatdor davlatlarning qo'shilishi uchun ShHT ochiq ekanini yana bir bor qayd etib o'tdi. Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonning ShHTga to'laqonli a'zo davlat maqomini olishi uchun majburiyatlari to'g'risidagi memorandumning imzolangani tashkilotni kengaytirish jarayonidagi muhim bosqich hisoblanadi», — deyiladi O'zbekiston TIV axborotida.

«Davlat rahbarlarining qayd etishicha, Hindiston va Pokistonning ShHTga to'laqonli a'zo davlat maqomini olishi tashkilot salohiyatini oshiradi va uning xalqaro maydondagi davrning dolzarb muammolarini hal qilish, mintaqada va umuman jahonda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash bo'yicha ko'p tomonlama mexanizm sifatidagi rolini oshirishga xizmat qiladi», — deya qo'shimcha qilingan vazirlik axborotida.

Rossiya prezidentining ShHTdagi maxsus vakili Baxtiyor Xakimov bu jarayon 2017 yilning 7-8 iyun kunlarida Ostonada bo'lib o'tadigan navbatdagi sammitga qadar yakunlanishi kutilayotganini ma'lum qildi.

Ayni vaqtda Rossiya, Xitoy, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston tashkilot a'zolari hisoblanishadi. Belarus, Mo'g'uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg'oniston kuzatuvchi maqomiga ega.

Foto: © RIA Novosti

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн