Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston va Qirg'iziston prezidentlari 2013 yildan buyon ilk marta muzokara o'tkazishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 410           Дата: 24-06-2016, 12:25          
O'zbekiston va Qirg'iziston prezidentlari 2013 yildan buyon ilk marta muzokara o'tkazishdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24 iyun kuni Ko'ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboev bilan uchrashuv o'tkazdi.

Prezidentimiz Islom Karimov bilan Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboev uchrashuvida ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

O'zbekiston mintaqada tinchlik, barqarorlikni mustahkamlashga katta hissa qo'shib kelmoqda. O'z tashqi siyosat kontseptsiyasiga muvofiq barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo'shni mamlakatlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirmoqda.

O'zbekiston – Qirg'iziston – Xitoy temir yo'li bunga yaqqol misoldir. Ushbu zamonaviy transport yo'lagi mamlakatlarimiz o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning yanada kengayishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalariga e'tibor qaratildi.

Almazbek Atamboev samimiy uchrashuv uchun davlatimiz rahbari Islom Karimovga minnatdorlik bildirib, Qirg'iziston O'zbekiston bilan yaxshi qo'shnichilik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini qayd etdi.

Qayd etish kerakki, bu ikki siyosatchi o'rtasida bundan avval oxirgi marta 2013 yilning sentyabrida Bishkek shahrida o'tkazilgan ShHT sammiti doirasida ikki tomonlama uchrashuv o'tkazilgandi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031