Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Emomali Rahmon: O'zbekiston bilan munosabatlar ustuvor xarakterga ega

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 455           Дата: 24-06-2016, 00:38          
Emomali Rahmon: O'zbekiston bilan munosabatlar ustuvor xarakterga ega

O'zbekiston prezidenti Islom Karimov 23 iyunda Ko'ksaroy qarorgohida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun O'zbekistonga kelgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Ikki davlat etakchisi o'zaro suhbat davomida ShHTning yubiley sammiti kun tartibi bo'yicha fikrlar almashdilar, Toshkentdagi yig'ilish natijalariga ko'ra qabul qilinadigan qarorlarning muhimligini ta'kidlab o'tdilar.

Prezidentlar, shuningdek, o'z mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlarning joriy holati va istiqbollarini muhokama qilishdi va ular o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish yo'llarini belgilab oldilar.

Tomonlar oxirgi vaqtda o'zaro munosabatlarda ijobiy o'zgarishlar, jumladan savdo aylanmasi hajmi oshgani, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiya ishi faollashgani, doimiy muloqot tajribasini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi maslahatlashuvlar mexanizmining ishga tushganini mamnuniyat bilan qayd qilib o'tdilar.

Uchrashuv chog'ida tomonlar birgalikdagi sa'y-harakatlar sohasi ko'pgina ekani va ikki davlatning tegishli tuzilmalari davlatlararo aloqalarning butun majmuasini ilgari surish maqsadida rejali ishni o'tkazishlari kerakligini yana bir bor ta'kidlab o'tdilar.

Bu mazmunda Tojikiston prezidenti o'z mamlakatining tashqi siyosatida tojik-o'zbek munosabatlarining ustuvor xarakterda ekanligini qayd qilib o'tdi.

O'z ildizi bilan uzoq tarixga ketadigan umumiy ma'naviy qadriyatlar va boy do'stona an'analar va o'zaro hurmatga asoslangan ikki davlat o'rtasidagi qo'ni-qo'shnichilik va o'zaro manfaatli aloqalarni saqlash va mustahkamlashning muhimligi ko'rsatib o'tildi.

Tomonlar dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolarni, jumladan Afg'onistondagi vaziyatni muhokama qildilar va o'z e'tiborlarini Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning bosh sharti sifatida mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashning dolzarbligiga qaratishdi.

Uchrashuv so'nggida Emomali Rahmon Islom Karimovga iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirdi va Karimovni istalgan qulay vaqtda Tojikistonga tashrif buyurishga taklif qildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн