Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

ShHT davlat rahbarlari uchun do'stlik va hamkorlik kontserti namoyish etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 742           Дата: 24-06-2016, 00:38          
ShHT davlat rahbarlari uchun do'stlik va hamkorlik kontserti namoyish etildi

“O'zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 23 iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkent sammiti ishtirokchilari uchun kontsert namoyish qilindi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti uchun bunday tadbirlarning o'tkazilishi an'anaga aylangan.

Soat 18.00. Zalga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Afg'oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G'ani, Mo'g'uliston Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov kirib keladilar.

Yig'ilganlar oliy martabali mehmonlarni gulduros qarsaklar bilan kutib oladilar.

ShHT davlat rahbarlari uchun do'stlik va hamkorlik kontserti namoyish etildi

ShHT Davlat rahbarlari kengashining yubiley sammiti kontsert bilan boshlanganida chuqur ramziy ma'no mujassam. Zero, madaniyat va san'at xalqlarning o'zaro yaqinlashuvi va bir-birini anglashi uchun o'ziga xos vositadir, binobarin, musiqa chegara va masofa bilmaydi. Shu bois “O'zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida do'stlik va hamkorlik muhiti hukm surdi.

Oliy martabali mehmonlar e'tiboriga o'zbek xalqining milliy ashula va raqslari, shuningdek, jahon opera san'atining eng sara asarlaridan namunalar havola etildi.

O'zbekiston san'at ustalarining chiqishlari olqishlar bilan kutib olindi. O'zbekiston xalq artisti Munojot Yo'lchieva ijrosidagi “Ul kim jonon” ashulasi tinglovchilarda unutilmas taassurot qoldirdi. “O'zbekiston” va “Navro'z” raqs ansambllari ijrosidagi “Raqslar guldastasi” xoreografik kompozitsiyasi o'zbek raqs maktabining butun ko'rku jozibasini namoyon etdi.

ShHT davlat rahbarlari uchun do'stlik va hamkorlik kontserti namoyish etildi

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali g'olibi Nodira Pirmatova “Ey dilbari jononim” ashulasini YuNESKOning Reprezentativ ro'yxatiga kiritilgan katta ashula uslubida ijro etdi.

O'zbekiston yoshlar simfonik orkestri P.Chaykovskiyning “Evgeniy Onegin” operasidan lavha ijro etdi. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri xonandalari Sh.Gunoning “Romeo va Juletta” operasidan Juletta valsini kuyladi.

O'zbekiston xalq artisti Normo'min Sultonov va «Nihol» mukofoti laureati Ma'suma Boltaboeva «Mening jonajon Xitoyim», O'zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova «Qadrdonlarim» ashulalarini xitoy tilida ijro etdi. Qozoq, qirg'iz, tojik, turkman, qoraqalpoq xalqlarining ashula va raqslari ham ijro etildi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Jenisbek Piyazov «Menga bergil kuylarni», xalqaro tanlovlar laureati Milena Matmusaeva «Sevgi sadosi» deb nomlangan mashhur rus ashulalarini kuyladi. Kontsert dasturi ShHTga a'zo davlatlarning boy madaniyati bilan yanada yaqindan tanishish imkoniyatini berdi.

ShHT davlat rahbarlari uchun do'stlik va hamkorlik kontserti namoyish etildi

Ijro etilgan har bir kuy-qo'shiqda insonga mehr-muhabbat, o'zaro hurmat, bag'rikenglik, millatlararo totuvlik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga ehtirom yuksak pardalarda tarannum etildi. Kontsert nihoyasida “Jon O'zbekiston” kompozitsiyasi yangradi.

Mehribon Mametova, A'lo Abdullaev (surat), O'zA

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн