Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Prezident Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 203           Дата: 23-06-2016, 18:15          
Prezident Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23 iyun kuni Ko'ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda “O'zA” xabar bermoqda.

Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti bilan suhbatda uning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro ishonch va yaxshi qo'shnichilikka asoslangan hamkorlikning yana bir ifodasi ekanini qayd etdi. Bu davlatlar mintaqada va xalqaro miqyosda bir-birining nufuzini oshirish hamda pozitsiyasini mustahkamlashni qo'llab-quvvatlab kelayotganini namoyon etishini ta'kidladi.

2015 yilda o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 320 million AQSh dollarini tashkil etdi. O'zbekistondan Turkmanistonga avtomobillar, qishloq xo'jaligi texnikasi, mineral o'g'itlar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlar eksport qilinmoqda. Turkmanistondan O'zbekistonga neft va neft mahsulotlari etkazib berilmoqda.

Transport va tranzit sohasi iqtisodiy aloqalarning strategik yo'nalishlaridan. O'tgan yili O'zbekiston tashqi savdo yuklarini Turkmaniston orqali tashish hajmi 43 foiz o'sgani buning yaqqol dalilidir.

Uchrashuvda o'zaro savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031