Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov Tojikiston rahbari bilan uchrashdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 221           Дата: 23-06-2016, 18:15          
Islom Karimov Tojikiston rahbari bilan uchrashdi

O'zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimov 23 iyun kuni Ko'ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan Tojikiston respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o'tkazdi.

Emomali Rahmon bilan uchrashuvda o'zbek va tojik xalqlarini azaliy do'stlik va qo'shnichilik rishtalari, madaniyat va an'analar uyg'unligi bog'lab turishi ta'kidlandi.

Bugungi kunda O'zbekiston bilan Tojikiston o'rtasidagi hamkorlik ko'plab sohalarda izchil rivojlanib, o'zaro savdo aylanmasi muttasil o'sib bormoqda. 2016 yilning dastlabki to'rt oyida o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 17,6 foiz oshdi.

Uchrashuvda ikki mamlakatda hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko'pligi, ularni ishga solish ikki tomon uchun ham manfaatli ekani ta'kidlandi. Savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi.

Emomali Rahmon Tojikiston O'zbekiston bilan hamkorlikni yuksak qadrlashini, ushbu uchrashuv o'zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat bo'lganini ta'kidladi. U mazmunli uchrashuv uchun O'zbekiston prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031