Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ko'ksaroy qarorgohida 22 iyun kuni XXR Raisini rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 214           Дата: 23-06-2016, 12:11          
Ko'ksaroy qarorgohida 22 iyun kuni XXR Raisini rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi

Avval xabar qilinganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 21 iyun kuni davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keldi. Bu haqda “O'zA” xabar bermoqda.

Ko'ksaroy qarorgohida 22 iyun kuni XXR Raisini rasmiy kutib olish marosimi bo'ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Islom Karimov va Si Szinpin shohsupaga ko'tarildilar. O'zbekiston va Xitoyning davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o'tdilar.

Islom Karimov va Si Szinpinning tor doiradagi suhbatida ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Prezident Islom Karimov Xitoy Raisini mamlakatimizga tashrifi bilan qutlab, do'st xitoy xalqiga samimiy hurmatini izhor etdi.

XXR Raisi O'zbekistonga navbatdagi tashrifidan mamnun ekanini bildirib, o'zaro hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini alohida ta'kidladi.

Ma'lumot uchun: XXR Raisi 2013 yil sentyabr oyida O'zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan. O'zbekiston Prezidenti 2014 yil avgust oyida davlat tashrifi bilan Xitoyda bo'ldi. Islom Karimov va Si Szinpin 2015 yil sentyabrda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G'alabaning 70 yilligiga bag'ishlab Pekinda o'tgan tadbirlar doirasida ham uchrashdilar.

Shuningdek, ikki davlat hukumatlari va idoralari o'rtasida texnikaviy-iqtisodiy, investitsiyaviy, savdo va neft-gaz sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, intellektual mulk huquqini muhofaza qilishga oid va boshqa hujjatlar imzolandi.

Ikki davlat rahbarlari ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar o'zaro ishonch va ishchanlik ruhida o'tganini ta'kidladilar. Muhokama qilingan barcha masalalar bo'yicha tomonlarning pozitsiya va qarashlari bir xil yoki o'xshash ekani qayd etildi. Si Szinpin O'zbekiston Respublikasining ShHTga raisligi davrida amalga oshirilgan ishlarga yuksak baho berdi.

Davlat rahbarlari Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdilar. Oliy martabali mehmon o'zbek xalqi hurriyati, porloq istiqboli va ezgu niyatlari ramzi bo'lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo'ydi. Si Szinpin Mustaqillik maydonining me'moriy echimi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн