Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda ShHTga a'zo davlatlar madaniyat vazirlarining yig'ilishi bo'lib o'tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 121           Дата: 22-06-2016, 18:07          
Toshkentda ShHTga a'zo davlatlar madaniyat vazirlarining yig'ilishi bo'lib o'tdi

22 iyun kuni Toshkent shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo mamlakatlar madaniyat vazirlarining majlisi o'tkazildi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati xabar qilgan.

Unda Qozog'iston madaniyat va sport vaziri o'rinbosari G.A.Axmedyarov, Xitoy madaniyat vaziri Lo Shugan, Qirg'iziston madaniyat, axborot va turizm vaziri A.A.Maksutov, Rossiya madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari V.V.Aristarxov, Tojikiston madaniyat vaziri Sh.Sh.Orumbekzoda, O'zbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri B.Axmedov va ShHT bosh kotibi R.K.Alimov ishtirok etdi.

Majlisda ShHTga a'zo mamlakatlarning madaniyat sohasi bo'yicha hamkorlik to'g'risidagi davlatlararo Bitim (Bishkek, 2007 yil 16 avgust) va madaniyat vazirlari yig'ilishidagi kelishuvlarning ijrosi haqida fikr almashildi.

Majlis qatnashchilari tomonidan ShHT doirasida kelgusida madaniy aloqalarni hamkorlikda yanada rivojlantirish, hamjihatlik va o'zaro hurmatning mustahkamlanishi, turli xalqlar va dinlarning birdamlikda kamol topishi, ShHTga a'zo davlatlar xalqlarining ko'p asrlik an'analari va urf-odatlari bo'yicha bilimlarni keng targ'ib qilishga erishish lozimligi bildirildi.

ShHT kuzatuvchi davlatlar va hamkor tomonlar bilan madaniyat va san'at sohasida ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, majlisda madaniy boyliklarni talon-taroj qilish hamda ularni noqonuniy olib kirish va olib chiqish, arxitektura yodgorliklarini reestri va ma'lumotlar bazasini yaratish, madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, noyob san'at asarlarini ta'mirlash-tiklash va boshqa yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlikni jonlantirish masalalari kelishildi.

ShHTga a'zo mamlakatlar madaniyat vazirlarining navbatdagi yig'ilishini 2017 yil 22 iyun kuni Ostona shahrida o'tkazilishi to'g'risidagi Qozog'iston tomoni taklifi ko'rib chiqish uchun qabul qilindi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн