Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston prezidenti va XXR raisi “Qamchiq” dovoni bo'ylab yuradigan ilk poezdga start berishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 831           Дата: 22-06-2016, 18:07          
O'zbekiston prezidenti va XXR raisi “Qamchiq” dovoni bo'ylab yuradigan ilk poezdga start berishdi

2016 yil 22 iyun kuni Toshkentdagi «O'zekspomarkazda» «Angren-Pop» elektrlashtirilgan temir yo'li va mazkur ulkan loyiha doirasida qurilgan tunnelning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari mazkur g'oyat ulkan loyihaning amalga oshirilishi muhim tarixiy voqea ekanini, ayniqsa, qurilish ishlari O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida tugallangani uning ahamiyatini yanada oshirganini alohida ta'kidladi.

Tantanali marosim ochilishi doirasida «O'zekspomarkaz»dagi tadbir ishtirokchilari bilan Qamchiq dovonida yangi elektrlashtirilgan temir yo'l tarmogining ishga tushirilishi munosabati bilan yig'ilgan mutaxassislar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri teleko'prik o'rnatildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Angren-Pop elektirlashtirilgan temir yo'lida dastlabki harakatlanadigan bitta elektrovoz va 4 ta yo'lovchi vagondan iborat «O'zbekiston» poezdining «Qamchiq» temir yo'l tunnelidan o'tishiga ruxsat beruvchi svetoforni yoqish uchun maxsus tugmani bosdi.

Shundan so'ng «China Railway Tunnel Group» kompaniyasi raisi Yuy Baolin va «O'zbekiston temir yo'llari» aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov birgalikda ushbu poezda, tunnel orqali sharqiy portal tomonga yo'l olishdi.

Dastlabki poezd uzunligi 19,2 kilometrlik er osti yo'lini 16 daqiqayu 30 soniyada bosib o'tdi.

O'zbekiston prezidenti va XXR raisi “Qamchiq” dovoni bo'ylab yuradigan ilk poezdga start berishdi

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 iyundagi «Angren – Pop» elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasining qurilishini tashkil qilish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori asosida, Qamchiq dovoni bo'ylab, uzunligi 123,1 kilometrni tashkil etadigan yangi temir yo'l hamda ushbu loyiha doirasida uzunligi 19,2 kilometrdan iborat bo'lgan temir yo'l tunneli qurildi.

Mazkur ulkan qurilishni amalga oshirish maqsadida jami 1 milliard 633,7 mln. dollarlik mablag' ajratilishi rejalashtirilgan bo'lib, bugungi kunda tunneldan tashqari ishlarni amalga oshirish uchun jami 810 mln. AQSh dolarlik mablag' o'zlashtirildi.

Ushbu qurilish ob'ektida jami 43 million kub metr tuproq, 16,3 million kub metr burg'ulash portlatish ishlari bajarildi. Shuningdek, 285 sun'iy inshoot va suv o'tkazish quvurlari, umumiy uzunligi 2,1 km, o'rtacha balandligi 25 metrni tashkil etuvchi 15 ta temir yo'l ko'prik va 6 ta yo'l o'tkazgich (puteprovod), 4 ta stantsiya, 4 ta raz'ezd va 2 ta vokzal qurib bitkazildi. 124 kilometrlik temir yo'l to'liq elektrlashtirildi va 2 ta nim tortish stantsiyasi qurildi. Bundan tashqari mazkur ulkan loyiha doirasida temir yo'lchilar uchun o'nga yaqin turar joy binolari ham barpo etildi.

«O'zbekiston temir yo'llari» AJ bilan Xitoy Xalq Respublikasining «China Railway Tunnel Group» kompaniyasi hamkorligida bunyod etilgan tunnel qurilishiga yo'naltirilgan 455 mln. dollarlik mablag' to'liq o'zlashtirildi. Mazkur tunnel, dunyo reytingida shu kabi tunnellar ro'yxatida murakkabligi bo'yicha sakkizinchi o'rinni egallaydi.

Qurilish davrida 4 ming nafardan ziyod ishchi faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, shundan 400 nafari muhandislardir. 600 ta maxsus texnikalardan unumli foydalanilganligi loyihani muddatidan ilgari, sifatli qilib nihoyasiga etkazishga omil bo'ldi. Ma'lumotlarga ko'ra temir yo'ldan foydalanish davrida 1,5 mingta yangi ish o'rinlari yaratiladi.

«Angren – Pop» elektrlashtirilgan temir yo'li Farg'ona vodiysi viloyatlarini mamlakatimizning qolgan xududlari bilan bog'lab, yurtimizda yagona milliy temir yo'l tizimini yaratish borasidagi rejalarni to'liq amalga oshirishga zamin yaratdi. Tahlillarga ko'ra ushbu temir yo'lning foydalanishga topshirilishi yiliga 10 mln.tonna xalq xo'jaligi yuklarini tashish, dastlabki yilda esa 600 ming yo'lovchiga xizmat ko'rsatish imkoni yaratadi.

Shu bilan birga «Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa» yangi xalqaro tranzit temir yo'l koridorining eng muhim bo'g'ini bo'lib, mamlakatimiz iqtisodiyotini bundanda rivojlantirishga xizmat qiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн