Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xitoy raisi: O'zbekiston - Markaziy Osiyodagi yirik qudratga ega davlat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 389           Дата: 21-06-2016, 18:19          
Xitoy raisi: O'zbekiston - Markaziy Osiyodagi yirik qudratga ega davlat

O'zbekiston - Markaziy Osiyodagi yirik qudratga ega davlat. Xitoy u bilan munosabatlariga doimo strategik yuksaklik va istiqbol nuqtai nazari bilan qaraydi. Bu haqida XXR raisi Si Szinpin O'zAda chop etilgan maqolasida ma'lum qilgan.

"Men go'zal O'zbekistonga ilk bor 2013 yilning sentyabr oyida tashrif buyurdim va o'shanda bu mamlakatning so'lim tabiati, ko'p asrlik tarixi va madaniyati, mehnatsevar va iste'dodli xalqi menda unutilmas taassurot qoldirdi.

Hayotning tarovatli, qaynoq yoz kunlarida Prezident Islom Karimov taklifiga binoan O'zbekistonga yana tashrif buyurib, Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkentda bo'ladigan va ko'plab masalalar muhokama etilishi kutilayotgan sammitida ishtirok etaman", - dedi Xitoy raisi.

Mehnatsevar, mard, tanti, sadoqatli va mas'uliyatli, bag'rikeng va fidoyi Xitoy va O'zbekiston xalqlarining oila, davlat va hayot haqidagi qarashlari o'xshash. Bundan 2000 yil avval Buyuk ipak yo'li xalqlarimiz o'rtasida do'stlik aloqalarini o'rnatish, o'zaro hamkorlik qilish va bir-birini boyitish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilgan. Xitoyning Sixan sulolasi elchisi Chjan Syan, Tan sulolasi elchisi Syuantszan va Min sulolasi elchisi Chenchen turli davrlarda muayyan missiya bilan O'zbekistonga kelgan yoki uning hududidan o'tgan. Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy va O'zbekiston zaminida ulg'aygan boshqa mashhur tarixiy shaxslarni Xitoyda juda yaxshi bilishadi. Markaziy Osiyoda Xitoy va G'arb madaniyati o'zaro uyg'unlashib ketgan va O'zbekiston bu borada ko'prik vazifasini o'taganini alohida qayd etish lozim. Asrlar davomida qaror topgan o'zaro munosabatlar va do'stlik an'analari bugungi kunda ham Xitoy bilan O'zbekiston o'rtasida yaqin qo'shnichilik va do'stlikning mustahkam asosi bo'lib xizmat qilmoqda.

"O'zbekiston istiqlolga erishganidan so'ng XXR birinchilardan bo'lib u bilan diplomatik munosabatlarni yo'lga qo'ydi. 24 yil mobaynida turli davr sinovlaridan o'tgan, xalqaro maydondagi xavf-xatarga bardosh bergan Xitoy-O'zbekiston aloqalarida barqaror taraqqiyot sur'atlari izchil davom etmoqda. Har ikki mamlakatning hayotiy muhim manfaatlariga daxldor masalalarida tomonlar bir-birini qo'llab-quvvatlab, barcha sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda", - dedi Xitoy rahbari.

"2013 yildan buyon Prezident Islom Karimov bilan turli shakllarda - muzokara, uchrashuv, telefon orqali muloqotlar, maktublar vositasida yaqin amaliy hamkorlik va mustahkam do'stlik aloqalarini o'rnatganmiz. Xitoy Xalq Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida Do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma, Xitoy Xalq Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida 2014-2018 yillarga mo'ljallangan Strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish dasturi va boshqa ko'plab muhim hujjatlar imzolanishi natijasida o'zaro munosabatlarning siyosiy hamda shartnomaviy-huquqiy asosi yanada mustahkamlandi. Mamlakatlarimiz Ipak yo'li iqtisodiy yo'nalishini birgalikda tashkil etishni qo'llab-quvvatlamoqda, munosabatlarimizni izchil kengaytirish va amaliy mazmun bilan boyitishga intilmoqda, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini izlab topmoqda, xalqaro masalalar va xavfsizlik sohasida hamkorlik bo'yicha o'zaro hamjihatlik mustahkamlanmoqda. Xitoy bilan O'zbekistonning hamkorlik ko'lami muntazam kengayib, sifati ortmoqda. Ikki tomonlama munosabatlarimizni jadal rivojlantirishning oltin asri boshlandi", deya ta'kidladi Si Szinpin.

"O'zbekiston ShHTga raisligi davrida tashkilot doirasida barcha yo'nalishlarda hamkorlikni izchil rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shganini alohida ta'kidlashni istardim. Xitoy O'zbekiston va boshqa a'zo davlatlar bilan bargalikda yangi bosqich sifatida Toshkent sammitidan boshlab ShHTning mintaqamiz va xalqlarimiz manfaati yo'lidagi hamkorlik ko'lamini yanada kengaytirishga tayyor", - dedi ishonch bilan XXR rahbari.

"Bu yil O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligi nishonlanadi. Shu munosabat bilan O'zbekiston xalqini ushbu qutlug' bayram bilan samimiy tabriklayman. Prezident Islom Karimov rahnamoligida O'zbekistonda mamlakatni rivojlantirish borasida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishildi, xalqaro maydonda uning obro'si va ta'siri tobora mustahkamlanmoqda. O'zbekiston xalq farovonligini yuksaltirishga qaratilgan taraqqiyot samaralaridan mamlakatning barcha aholisini bahramand qilmoqda. Bu borada «Yoshlar yili», «Sog'lom bola yili», «Keksalarni e'zozlash yili», «Sog'lom ona va bola yili» kabi maxsus Davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi natijasida aholi farovonligi yuksalmoqda, shahar va qishloqlar har tomonlama rivojlanmoqda. O'zbekistonning o'z taraqqiyot modeli shakllantirildi va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. O'zbekistonga barcha sohalarda yangi va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deya tilak bildirdi XXR raisi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031