Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentdagi ShHT sammitini yoritishda ikki yuzga yaqin xorijlik jurnalist qatnashadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 115           Дата: 21-06-2016, 12:10          
Toshkentdagi ShHT sammitini yoritishda ikki yuzga yaqin xorijlik jurnalist qatnashadi

Toshkent shahrida 23-24 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tadi. ShHTga O'zbekiston Respublikasining raisligi doirasida sammit oldidan keng ko'lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.

ShHT sammitini yoritishda Xitoy, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg'oniston, Hindiston, Pokiston, Belarus, Eron, Mo'g'uliston va boshqa davlatlar ommaviy axborot vositalaridan 200ga yaqin vakil, O'zbekistondan qariyb 200 nafar jurnalist qatnashadi. Bu haqda UzA xabar qilgan.

Sammit doirasidagi tadbirlarni keng, sifatli va tezkor yoritish uchun “O'zekspomarkaz”da barcha qulayliklarga ega xalqaro matbuot markazi tashkil etildi. Sammit kunlari jurnalistlar ish olib boradigan ushbu markaz eng yuksak talablarga javob beradigan zamonaviy texnika – elektron namoyish stendlari, kompyuterlar, printerlar va boshqa ko'p funktsiyali qurilmalar, telefon bilan jihozlangan, yuqori tezlikdagi Wi-Fi va simli tizimlar orqali Internet tarmog'iga ulanish imkoniyati yaratilgan.

Sammitda davlat rahbarlari ShHT doirasida ko'p rejali va o'zaro samarali hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilib, dolzard mintaqaviy va xalqaro muammolar bo'yicha fikr almashadi.

Davlat rahbarlari uchrashuvlarining asosiy yakuniy hujjati sifatida ShHTning o'n besh yillik deklaratsiyasi qabul qilinadi. Unda tashkilotning o'n besh yillik faoliyatiga baho berilib, a'zo davlatlarning ShHTni rivojlantirish uchun ilgari surgan nuqtai nazarlari, shuningdek, joriy xalqaro va mintaqaviy vaziyatlarga nisbatan pozitsiyalari o'rin oladi.

Davlat rahbarlari 2016-2020 yillarda 2025 yilga qadar ShHTni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Harakat rejasi hamda ShHTni rivojlantirish va a'zo davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa hujjatlarni ham imzolaydi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031