Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda o'tgan davra suhbatida “Jamoatchilik nazoratini ta'minlashda OAVning o'rni va roli” mavzusida so'z yuritildi 

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 105           Дата: 20-06-2016, 20:00          

2016 yil 20 iyun kuni O'zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Milliy matbuot markazida partiyaning “Media olam: tendentsiyalar va istiqbollar” loyihasi doirasida “Jamoatchilik nazoratini ta'minlashda OAVning o'rni va roli” mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, partiya Siyosiy Kengashi Markaziy apparati mas'ul xodimlari, hududiy Kengashlar matbuot kotiblari, O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar hamda partiya faollari ishtirok etdi.

Agar 1991 yilda O'zbekistonda 395 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat olib borgan bo'lsa, mustaqillik yillarida yaratilgan keng sharoitlar tufayli ommaviy axborot vositalarimizning soni hozirda 1400 dan ziyodni tashkil etmoqda. Bugun O'zbekistonda OAV to'qqizta tilda nashr etiladi va efirga uzatiladi. Respublikada ayniqsa, nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro'yxatdan o'tkazilmoqda.

Keyingi yillarda ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta'minlashda ularning faolligini oshirish, media makonga ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bevosita joriy etishga qaratilgan qariyb 10 ta qonun hujjati qabul qilindi.

Tadbir so'nggida 2015 yilda O'zbekiston “Adolat” SDP tashkil topganining 20 yilligi munosabati bilan ta'sis etilgan partiya faoliyatini targ'ib qiluvchi eng yaxshi jurnalistik material uchun “Kuch — adolatda!” respublika ko'rik-tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi. Ko'rik-tanlov tashkiliy komissiyasiga partiya faoliyatini faol yoritib kelayotgan 50 nafarga yaqin ijodkorlardan jami 400 dan ortiq materiallar kelib tushdi.

Toshkentda o'tgan davra suhbatida “Jamoatchilik nazoratini ta'minlashda OAVning o'rni va roli” mavzusida so'z yuritildi 

Ko'rik-tanlov yakunlariga ko'ra televidenie, radio, matbuot va internet yo'nalishlarida eng yaxshi jurnalistik materiallar hamda mualliflari partiyaning diplom va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, matbuotchilar bayrami munosabati bilan partiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining matbuot kotiblari professional fotoapparatlar bilan rag'batlantirildi. “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyatining eng faol ijodiy va texnik xodimlariga partiyaning qimmatbaho sovg'alari hamda faxriy yorliqlari topshirildi.

Toshkentda o'tgan davra suhbatida “Jamoatchilik nazoratini ta'minlashda OAVning o'rni va roli” mavzusida so'z yuritildi 

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн