Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkent ShHTning barcha etakchilari O'zbekistondagi sammitda ishtirok etishiga umid bildirmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 144           Дата: 20-06-2016, 18:17          
Toshkent ShHTning barcha etakchilari O'zbekistondagi sammitda ishtirok etishiga umid bildirmoqda

O'zbekiston TIV Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo barcha mamlakat rahbarlarining 23-24 iyun kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan sammitda ishtirok etishiga umid bildirmoqda. Bu haqida Tashqi ishlar vazir o'rinbosari Anvar Nosirov 20 iyun dushanba kuni jurnalistlarga ma'lum qildi.

ShHT tarkibiga O'zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston kiradi. Shuningdek Belarus, Mo'g'uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg'oniston mamlakatlari kuzatuvchi maqomiga ega. 2015 yilda ShHTga Hindiston va Pokistonning qabul qilinishi yo'lga qo'yilgan.

"ShHTga a'zo mamlakat rahbarlarining barchasi majlisdagi ishtirokini rasman tasdiqladi", - ma'lum qildi Nosirov.

Uning so'zlariga ko'ra, ShHT kuzatuvchilaridan Afg'oniston, Belarus, Mo'g'uliston, Pokiston mamlakatlari prezidentlari, Hindiston bosh vaziri va Eron TIV rahbari sammitda ishtirok etishadi. ShHTga raislik qilayotgan O'zbekistonning mehmoni sifatida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov taklif etilgan.

Shuningdek, Nosirov tadbirda qatnashish uchun Toshkentga ShHT ishtirokchi-mamlakatlaridan minglab xalqaro tashkilot va xorijiy OAV vakillari ishtrok etishini ma'lum qildi.

"Davlat rahbarlari uchrashuvining asosiy yakuniy hujjati - ShHT 15 yilligining Toshkent deklaratsiyasi bo'lib, unda tashkilotning 15 yillik faoliyati, tashkilotga a'zo mamlakatlarning ShHT rivojlanish istiqbollariga muvofiqlashgan yondashuvi, shuningdek bugungi kundagi xalqaro va mintaqaviy vaziyatga nisbatan pozitsiyasi baholanadi", - yodga soldi u.

Vazir o'rinbosarining so'zlariga ko'ra, deklaratsiyasida ShHT mamlakatlari etakchilari tashkilot xartiyasida qayd etilgan boshqa davlat va tashkilotlarga yo'naltirilmaganlik printsiplarini qayta tasdiqlashadi.

Sammitda davlat rahbarlari 2016 - 2020 yillarga mo'ljallangan siyosat, xavfsizlik, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, axborot va xalqaro sohalarga oid asosiy yo'nalishlar bo'yicha tadbirlar rejasini tasdiqlashlari rejalashtirilmoqda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн