Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda o'rmon xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 269           Дата: 20-06-2016, 14:37          
O'zbekistonda o'rmon xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etiladi

O'zbekiston Respublikasi hukumati, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi qoshidagi O'rmon xo'jaligi bosh boshqarmasi tarkibida "O'rmon xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi"ni tashkil etishga oid qaror qabul qildi.

Yangi jamg'arma o'rmon xo'jaligini rivojlantirish bo'yicha mablag'larni shakllantirish, o'rmon xo'jaliklari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni muhofaza qilish, qo'riqlash hamda o'rmon xo'jaliklari erlarida o'simlik va hayvonot dunyosini tiklash va ko'paytirishni yo'lga qo'yish maqsadida tashkil etiladi.

Qarorga muvofiq, Fond mablag'lari o'rmon fondi hududlariga ruxsat berish va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishdan tushadigan mablag'lar, o'rmon xo'jaligining o'simlik yoki hayvonot dunyosiga etkazilgan zarar uchun belgilangan jarimalarni undirish, madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, sog'lomlashtirish kabi maqsadlarda foydalanish orqali orttirilgan daromadalar hisobidan shakllantiriladi.

Bundan tashqari, jamg'armaga yuridik va jismoniy shaxslar (xorijiy fuqarolar shular jumlasidan) ko'ngilli ravishda xayriya mablag'lari o'tkazishi ham mumkin.

Jamg'arma mablag'lari o'z navbatida, o'rmon xo'jaliklari o'simlik va hayvonot dunyosiga zarar etkazishning oldini olish, etkazilgan talofatni bartaraf etish, o'rmonlarni muhofaza qilish uchun texnika va texnologiyalar xarid qilish, ekologik monitoring tizimlari, asbob-uskunalar va kompyuter dasturlari sotib olishga yo'naltiriladi.

Shuningdek, urug'chilik, navchilik, tabiiy ko'chatzorlar yaratish, tajriba maydonlari, ko'chatzorlar, issiqxonalar, dorivor o'simliklar dalalarida ilg'or texnologiyalarni sinash kabi ishlar ham yangi Fond hisobidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, o'rmon xo'jaligida noqonuniy faoliyatni aniqlagan kishilarga mukofot pullari ham jamg'arma hisobidan qoplanadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн