Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Milliy universitetga o'qishga qabul ko'tarinki ruhda boshlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 654           Дата: 20-06-2016, 12:41          
Milliy universitetga o'qishga qabul ko'tarinki ruhda boshlandi

Yurtimiz oliy ta'lim muassasalarida tahsil olish har bir iqtidorli yigit-qizning betimsol orzusidir.

Ana shu orzuga erishish uchun yosh iqtidor sohiblari kollej va litseylarda qunt bilan bilim olishga intilganlar. Ular universitet ostonasiga qadam qo'yish uchun bugungi kunni qanchalik intiqlik bilan kutganlarini izohlashga hojat yo'q.

Milliy universitetga o'qishga qabul ko'tarinki ruhda boshlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 may kuni qabul qilingan “2016/2017 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish to'g'risida”gi Qaroriga binoan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetiga shu yil 20 iyun kuni o'qishga qabul ko'tarinki ruhda boshlandi.

O'zMUga jahondagi rivojlangan davlatlarning etuk ta'lim muassasalari o'quv jarayonlarini qiyosiy tahlil qilgan holda hamda zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan yangi avlod o'quv reja va dasturlari asosida qabul ko'rsatkichlarining 2016-2017 o'quv yilida bakalavrlar ta'lim yo'nalishlari va o'qitish tillari bo'yicha jami 1324 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan. Ya'ni, Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o'zga tilli guruhlarda) 25, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 50, Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi 20, Filologiya va tillarni o'qitish bo'yicha: ingliz tili 80, nemis tili 20, frantsuz tili 14, rus tili 20, Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo'yicha) 60, Arxeologiya, 25, Falsafa 25, Matematika 60, Amaliy matematika va informatika 50, Biologiya (turlari bo'yicha) 70, Fizika 80, Mexanika 25, Astronomiya 20, Kimyo 70, Geografiya 40, Gidrometeorologiya 20, Geologiya 50, Geofizika 25, Tuproqshunoslik 20, Gidrologiya (tarmoqlar bo'yicha) 25, Sotsiologiya 20, Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha) 40, Jurnalistika (faoliyat turlari bo'yicha) 70, Arxivshunoslik 20, Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) 25, Kadrlar menejmenti 25, Geodeziya, kartografiya va kadastr (funktsiyalari bo'yicha) 60, Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta'minoti 40, Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) 40, Axborot xavfsizligi (sohalar bo'yicha) 20, Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo'yicha) 25, Ijtimoiy ish (pensiya ta'minoti) 25, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) 20 nafar talaba qabul qilinadi.

Milliy universitetga o'qishga qabul ko'tarinki ruhda boshlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11 may kuni qabul qilingan “O'zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarorida oliy ta'lim rivojining jahon tajribasini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash darajasi va sifatini tubdan oshirish, Milliy universitetning ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash, o'quv jarayonining ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan uzviy aloqasini kuchaytirish, professor-o'qituvchilar va talabalarni fundamental va amaliy tadqiqotlar o'tkazishga keng jalb etish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Mazkur qarorga asosan, yangi o'quv yilidan boshlab O'zbekiston Milliy universiteti tarkibida 10 ta: Biologiya, Geografiya va geologiya, Jurnalistika, Ijtimoiy fanlar, Iqtisodiyot, Kimyo, Matematika, Tarix, Fizika, Xorijiy filologiya fakultetlari, 72 ta kafedra o'z faoliyatlarini davom ettiradi. Ularda 37 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va 63 ta magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlanadi. Yosh tadqiqotchilar zamon talablariga mos bo'lgan 25 ta ilmiy laboratoriyalarda ilmiy izlanishlar olib boradilar.

Milliy universitetga o'qishga qabul ko'tarinki ruhda boshlandi

Aytish joizki, Milliy universitetda abiturientlarni qabul qilishga puxta hozirlik ko'rildi. Hujjat topshiruvchilar uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo etilgan.

Milliy universitetga o'qishga qabul ko'tarinki ruhda boshlandi

Qabul kvotasi bo'yicha qabul qilinadigan yo'nalishlar nomi, talabalar soni va boshqa ma'lumotlar, fakultetlar hayotini aks ettiruvchi stendlar chiqarildi.

Mamlakatimizda karvonboshi universitet deya e'tirof etilgan O'zMUning faoliyati keng yoritilgan videorolik barcha abiturientlar e'tiboriga havola etib borilmoqda.

“O'zbekiston Milliy universiteti” gazetasining abiturientlar uchun maxsus soni chop etildi.

20 iyun kuni erta tongdan bu dargohga ilmga chanqoq yigit-qizlar umid bilan kela boshladilar.

Dastlabki hujjat Xorijiy filologiya fakultetining ingliz tili yo'nalishiga bo'ldi.

Milliy universitetga o'qishga qabul ko'tarinki ruhda boshlandi

– Men kelgusida mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan xalqaro tashkilotlarda ishlashni orzu qilaman,– deydi abiturient Hojiyaxon Maqsudxo'jaeva.– Buning uchun ingliz tilini puxta o'rganish niyatida shu fakultetni tanladim. Bugun O'zMU hayotini aks ettirayotgan rolikni qiziqish bilan kuzatdim. Bu dargohda Til markazi faoliyat ko'rsatishi qiziqishlarimni yanada orttirdi. Talaba bo'lish nasib etsa, faqat “a'lo” baholarga o'qiyman!

Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa yo'nalishi rus guruhiga hujjat topshirgan Huseyn Quliev dil so'zlarini shunday ifoda etdi:

– Millatim ozarbayjon. O'zbek va rus tillarini birdek bilaman. Falsafa ilmini esa rus tilida puxta o'rganish maqsadida shu fakultetda o'qishni orzu qilganman. Bu dargohda abiturientlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko'rib ko'nglim tog'dek ko'tarildi. Hayotda falsafiy shiorim – faqat olg'a intilish! Milliy universitetdek ulug' dargoh talabasi bo'lish eng katta orzuimdir.

Milliy universitetga o'qishga qabul ko'tarinki ruhda boshlandi

Ulug' dargoh – Milliy universitetga umid bilan kelayotgan yigit-qizlar safi tobora kengayib bormoqda. Umid bilan suqulgan tayoq, bir kun berar meva-yu yaproq, degan satrlar zamirida ulkan ma'no

mujassam. Shunday ekan, ilmu ma'rifat yo'lida intilayotgan barcha iqtidor sohiblariga faqat omad tilab qolamiz.

Milliy universitetga o'qishga qabul ko'tarinki ruhda boshlandi

Milliy universitetga o'qishga qabul ko'tarinki ruhda boshlandi

Milliy universitetga o'qishga qabul ko'tarinki ruhda boshlandi

To'lqin EShBEK,

O'zMU Axborot xizmati rahbari

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн