Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

ShHT sammitida BMT bosh kotibi o'rinbosari ishtirok etadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 125           Дата: 20-06-2016, 08:04          
ShHT sammitida BMT bosh kotibi o'rinbosari ishtirok etadi

BMT bosh kotibi Pan Gi Munning siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Jeffri Feltman 23-24 iyun kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi. Bu haqda BMT Yangiliklar markazi xabar qilgan.

«Mazkur sammit O'zbekiston tashkilotga raislik qilgan 2010 yildagi kabi muhim ahamiyat kasb etadi. O'tgan galgi raislik doirasida BMT va ShHT kotibiyatlari o'rtasida Hamkorlik to'g'risidagi deklaratsiya imzolangan edi», deyiladi xabarda.

Sammit arafasida BMT Bosh assambleyasining rasmiy hujjati sifatida O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan ShHTning mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashdagi hissasi to'g'risidagi materialdan iborat qo'shimchaga ega maktub e'lon qilingandi.

«Mamlakatimiz ShHT raisligi doirasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish, uning normativ-huquqiy bazasini mustahkamlash, ShHT Xartiyasida o'z aksini topgan maqsadlar, vazifa va tamoyillarga muvofiq keluvchi xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash bilan bog'liq tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo'li bilan tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishda munosib hissasini qo'shdi», — deyilgan maktubda.

ShHT O'zbekiston, Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston, Rossiya va Tojikistonni o'z ichiga olgan tashkilot bo'lib, Hindiston, Pokiston, Afg'oniston, Eron, Mo'g'uliston va Belarus kuzatuvchi davlatlar maqomida tashkilot faoliyatida ishtirok etadi. Turkiya, Shri-Lanka, Ozarbayjon, Armaniston, Kamboja va Nepal ShHTning muloqot bo'yicha hamkorlari sanaladi.

Ufada bo'lib o'tgan 2015 yilgi sammitdan so'ng Hindiston va Pokistonning ShHTga a'zo bo'lish jarayoni boshlangan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн