Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Radisson Blu Tashkent’da “O'zbekistonga tashrif uchun 10 sabab” kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 266           Дата: 18-06-2016, 14:44          

Joriy yilning 17 iyun kuni Toshkentdagi Radisson Blu mehmonxonasida “O'zbekistonga tashrif buyurish uchun o'n sabab” nomli kitobning taqdimoti bo'lib o'tadi. Tadbirda hukumat vakillari, yurtimizda akkreditatsiyadan o'tgan elchixonalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, madaniyat va san'at arboblari ishtirok etadi.
Dinara & Co. nashriyot uyi va Murad Buildings hamkorligida ingliz va rus tillarida chop etilgan mazkur kollektsion nashr O'zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash va xorijlik sayyoxlar e'tiborini yurtimizga yana bir bor jalb etishni maqsad qilgan.

Radisson Blu Tashkent’da “O'zbekistonga tashrif uchun 10 sabab” kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

Nashr 304 sahifadan iborat bo'lib, undan loyiha uchun maxsus tayyorlangan fotolar, shu bilan bir qatorda so'nggi 15 yil davomida suratga olingan arxiv ishlar joy olgan. 250dan ortiq noyob kardlar o'lkamiz me'morchiligi, milliy an'analari, tabiati, shuningdek, xalqimizning turmush tarzi, dilkashligi va samimiyatini namoyon etadi. Kitobda o'zbekistonlik taniqli fotograf Ernest Kurtvelievning jannatmakon yurtning o'ziga xos tarovatini aks etturivchi sara ishlari jamlangan. Kitob o'lkaning biz bilgan va bilmagan qirralari, maskanlari va festivallari haqida so'zlab, nafaqat xorijliklar, balki har bir o'zbekistonlik uchun ham qiziq.

Radisson Blu Tashkent’da “O'zbekistonga tashrif uchun 10 sabab” kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

Yangi yondoshuvdagi ushbu kitobni yaratish loyihasini zamonaviy imoratlar barpo etish orkali, yurtimiz ko'rkiga ko'rk qo'shib kelayotgan innovatsion kompaniyalardan biri Murad Buildings qo'llab-quvvatladi. Kompaniya asoschisi Murod Nazarov kitob tayyorlash jarayonida nafakat milliy gururni aks ettirish, balki mamlakatning zamonaviy jilosi va ko'p-qirraligini namoyon etish borasidagi ijodiy goyalar muallifi sifatida ishtirok etdi.
Ijodiy guruh lyuks toifasidagi noshirchilik sohasining xalqaro tajribalarini uyg'unlashtirgan holda ushbu kitobni yarim yil davomida tayyorlab keldi. Kitobning yaratilishida O'zbekistonlik o'z ishining ustalari bilan bir qatorda AQSh, Buyuk Britaniya va Frantsiya kabi dav-latlardan muharrirlar hissasi bo'ldi. Bu kitob mamlakatga tashrif buyuradigan oliy martabali mehmonlar, sayyohlar va umuman bu o'lkaga befarq bo'lmagan har qanday inson uchun o'ziga xos sovg'a bo'la oladi.

Radisson Blu Tashkent’da “O'zbekistonga tashrif uchun 10 sabab” kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

Loyihaning bevosita davomi sifatida eng yaxshi ijodkorlarni atrofida jamlagan Dinara&co. nashriyot uyi kelgusida O'zbekiston taraqqiyotining turli yo'nalishlari — me'morchilik, san'at, madaniyat, shuningdek, investitsiya salohiyatiga bag'ishlangan shu kabi nashrlar seriyasini yaratishni rejalashtirgan.

Radisson Blu Tashkent’da “O'zbekistonga tashrif uchun 10 sabab” kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

Radisson Blu Tashkent’da “O'zbekistonga tashrif uchun 10 sabab” kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

Radisson Blu Tashkent’da “O'zbekistonga tashrif uchun 10 sabab” kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

Radisson Blu Tashkent’da “O'zbekistonga tashrif uchun 10 sabab” kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

Radisson Blu Tashkent’da “O'zbekistonga tashrif uchun 10 sabab” kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

Kitob bilan yaqinroq tanishish uchun maxsus veb-sahifa ishlab chiqilgan bo'lib, unda onlayn buyurtma berish imkoniyati ham bor: uzbekistanbook.dinara.co

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн