Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Farg'onalik fermerlarga g'alladan bo'shagan erlardan unumli foydalanish yuzasidan saboq berildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 580           Дата: 18-06-2016, 08:04          
Farg'onalik fermerlarga g'alladan bo'shagan erlardan unumli foydalanish yuzasidan saboq berildi

Erning hosildorligini qayta tiklash va yaxshilash maqsadida tomorqa madaniyatida almashlab ekish amaliyoti muhim ahamiyat kasb etadi. Aksariyat hollarda bir oilaga mansub o'simliklar muayyan turdagi zararkunandalar va kasalliklardan aziyat chekadi, shu bois turfa xil oilaga mansub o'simliklarni navbatma navbat etishtirish almashlab ekish madaniyatining ustuvor tamoyillaridan sanaladi.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Farg'ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda 2016 1il 16 iyun kuni Oltiariq tumanida tashkil etilgan seminarda erdan unumli foydalanishning innovatsion uslublarini ommalashtirish va g'alladan bo'shagan erlarda boshqa turdagi ekinlarni etishtirish bo'yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Seminar ishtirokchilar uchun samara ko'rsatishi maqsadida bevosita ekin maydonida o'tkazildi.

Farg'onalik fermerlarga g'alladan bo'shagan erlardan unumli foydalanish yuzasidan saboq berildi

Mutaxassislar qayd etishicha, qishloq xo'jaligi sohasida takroriy va o'zgarmas ekinlarda hosildorlikning pasayishiga turli xil kasalliklar, zararkunandalar va hasharotlar sabab bo'ladi. Almashlab ekish madaniyati esa ekin etishtirish texnologiyasi hamda biologik xususiyatlar bilan tubdan farqlanib, yuqoridagi sabablar bu jarayonda bartaraf etiladi. Bundan tashqari seminar davomida fermerlarga qishloq xo'jaligi madaniyatida yaratilgan yangi navlar hamda ularni etishtirishga yordam beruvchi zamonaviy o'g'itlar namoyish etildi.

Farg'onalik fermerlarga g'alladan bo'shagan erlardan unumli foydalanish yuzasidan saboq berildi

Seminarda ishtirok etgan fermerlar ekin maydonlaridan takroriy foydalanilishi hamda mineral o'g'itlar va neft mahsulotlari xaridi davomida fermerlar uchun yaratilgan imtiyozlarning maqsadli qo'llanilishini monitoring qiluvchi tizimning samaradorligi yuzasidan fikr almashishdi. Shuningdek, mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga ekport qilishni agrofirmalar orqali amalga oshirish imkoniyati ishtirokchilarning diqqat markazida bo'ldi.

Farg'onalik fermerlarga g'alladan bo'shagan erlardan unumli foydalanish yuzasidan saboq berildi

Bevosita ekin maydonida o'tkazilgan seminar davomida ishtirokchilar takroriy ekish madaniyatida samarali qo'llaniladigan texnika, mineral o'g'itlar va urug'lar namunalari bilan yaqindan tanishishdi.

Farg'onalik fermerlarga g'alladan bo'shagan erlardan unumli foydalanish yuzasidan saboq berildi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031