Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Normativ-huquqiy hujjatlarni “Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi”ga kiritish masalasi fraktsiyalararo qizg'in bahs-munozaraga sabab bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 127           Дата: 17-06-2016, 15:30          
Normativ-huquqiy hujjatlarni “Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi”ga kiritish masalasi fraktsiyalararo qizg'in bahs-munozaraga sabab bo'ldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi (internetdagi manzili www.lex.uz) ga normativ-huquqiy hujjatlarni chop etishning rasmiy manbai maqomini berishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamasi bo'lib o'tdi. Qonun loyihasi fraktsiyalararo qizg'in bahs-munozaraga sabab bo'ldi.

O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylovoldi Platformasining axborot sohasida axborot tizimlarini birlashtiruvchi milliy axborot tizimlari va milliy axborot resurslarini rivojlantirish vazifasi belgilangan.

Ushbu yo'nalish har doim partiya va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi e'tibor markazida turadi. Milliy axborot makonini rivojlantirish masalasi partiya tomonidan tashkil etilayotgan va ekspertlar, axborot sohasi mutaxassislari, keng jamoatchilik vakillari jalb etilayotgan ko'plab tadbirlar davomida muhokama etilayotgan ustuvor mavzu hisoblanadi.

Partiya a'zolari axborot sohasiga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish bo'yicha turli ishchi guruhlar tarkibida faol ishtirok etib kelmoqda.

Milliy axborot tizimlarini rivojlantirish, fuqarolar huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qonun loyihasining navbatdagi qizg'in muhokamasi O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi majlisida bo'lib o'tdi. Ushbu majlis doirasida O'zXDP va “Adolat” SDP fraktsiyalari deputatlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan “Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi chuqur tahlil qilindi. Taqdim etilgan qonun loyihasi kontseptsiyasi “Qonunchilik hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi”ga me'yoriy-huquqiy hujjatlarni chop etishning rasmiy manbai mavqeini berish g'oyasiga asoslangan. Bu esa qonun loyihasi tashabbuskorlari fikricha, huquqni qo'llash samaradorligini oshirish hamda foydalanuvchilarning normativ-huquqiy hujjatlardan tezkor foydalanishiga xizmat qiladi.

Yig'ilishda so'zga chiqqan deputatlar qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni barcha aholi qatlamlariga keng etkazish tizimini joriy etish, uning faoliyat yuritishining aniq tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish dolzarb vazifa ekanligini ta'kidladilar.

Qonun loyihasining ijobiy jihatlarini alohida ta'kidlash bilan bir qatorda mazkur qonun loyihasi aynan hozirgi holatda qabul qilinsa, qonun loyihasidan ko'zlangan maqsadlarga erishilmaydi.

Qonun loyihasi, avvalambor, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar belgilangan tartibda e'lon qilinmasdan turib amalda qo'llanilishiga yo'l qo'yilmasligiga oid konstitutsiyaviy kafolatlarni amalga oshirishga qaratilgan bo'lishi kerak, deb O'zXDP va “Adolat” SDP fraktsiyasi deputatlari qayd etishdi.

Haqiqatan ham, O'zXDP va “Adolat” SDP Platformalarida aholini normativ-huquqiy hujjatlar matnlari bilan tanishtirish uchun tegishli tarmoq resurslaridan foydalanishini ta'minlash (O'zXDP), axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yuqori darajasi, fuqarolarga interfaol davlat xizmatlarini ko'rsatish (“Adolat”) masalalari ko'zda tutilgan.

Ammo, ular tomonidan taklif etilgan qonun loyihasi tahriri mazkur partiyalarning e'lon qilingan dasturiy maqsadlariga to'liq mos kelmaydi. Jumladan, qonun loyihasi tashabbuskorlari tomonidan qonunning kuchga kirish muddati asossiz ravishda davomli, ya'ni 12 oy etib belgilangan. Ekspertlar fikricha, Qonunchilik hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasini yaratish va yuritish loyihasining 10 yildan ortiq amaliyot tajribasi mazkur qonunning kuchga kirishi uchun qisqaroq vaqtni belgilash imkonini beradi.

Bundan tashqari, taqdim etilayotgan qonun loyihasi elektron manba — “Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi”da hujjatlar matnlarini ularni hatto bosma nashrlarda chop etmasdan ham e'lon qilishga yo'l qo'yadi. Shunday qilib, qonunchilik hujjatlari elektron shakllaridan sudlarda ishlarni ko'rib chiqishda foydalanish istiqbollari, tomonlar “Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi”da joylashtirilgan normativ-huquqiy hujjatlar elektron versiyalaridan foydalanganligini isbot qilish imkoniyatlari noaniq qolmoqda.

Jumladan, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni “Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi”ga kiritilishida inson omili to'liq e'tiborga olinmayapti. Hujjatni elektron bazaga kiritishda xato yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.

Masalan, mazkur xato keyinchalik “Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi” operatori tomonidan ilgari yo'l qo'yilgan xatoni tuzatish orqali bartaraf etiladi. Ammo, shubhasiz, “Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi” foydalanuvchilaridan kimdir normativ-huquqiy hujjatning tuzatish kiritishdan oldingi versiyasini o'qishi va aynan ushbu ko'rgan nusxasidan kelib chiqib ish yuritishi mumkin bo'lgan holatni rad etib bo'lmaydi-ku?! “Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi”da xatoni operator bartaraf etganidan so'ng ushbu foydalanuvchi keyingi tuzatish haqida bilmasligi ham mumkin. Unda, o'zining yuqoridagi harakati bo'yicha foydalanuvchi sudda taraf sifatida ishtirok etayotganida, sud normativ-huquqiy hujjatning tuzatilgan tahririga tayanadi.

Savol yuzaga keladi: hujjat tuzatilganida oldingi versiyasi asosida harakat qilgan vijdonli foydalanuvchi o'z harakatlari to'g'ri ekanligini qanday qilib isbotlaydi? Axir ish sudda ko'rilayotgan paytda “Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi”da hujjatning xatoli versiyasi bo'lmaydiku? Uni nohaq deb hisoblash adolatsizlik emasmi? Chunki o'z vaqtida foydalanuvchi normativ-huquqiy hujjatning rasmiy manbasiga asoslangan. Qonun hujjatlari bosma nashrlarda e'lon qilinganda ushbu muammoga o'rin qolmaydi. Chunki, shaxs isbot sifatida uning qo'lida bo'lgan aniq nashrni taqdim etishi mumkin.

Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalarni hisobga olib “Milliy tiklanish” DP fraktsiyasi deputatlari qonun loyihasining “Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi”ga normativ-huquqiy hujjatlarni chop etishning rasmiy manbai maqomini berish to'g'risidagi g'oyani qo'llab-quvvatlab, shu bilan birga, quyidagilarni taklif etadi:

— rasmiy bosma nashrlarda e'lon qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy elektron e'lon qilish manbasi — “Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi”ga joylashtirish mumkin, deb belgilovchi normani “Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi qonunning amaldagi matniga kiritish;

— qonunni yuridik kuchga kirishi muddatini 12 oydan 6 oygacha qisqartirish.

Ishlab chiqilgan qonun loyihasi muhimligi va dolzarbligini hisobga olib, fraktsiya qarori bilan uni birinchi o'qishda qabul qilish tashabbusi qo'llab-quvvatlandi, ammo yakuniy bayonnomada aks etganidek, O'zMTDP fraktsiyasi bildirilgan fikr-mulohaza va takliflarni e'tiborga olgan holda taqdim etilgan qonun loyihasi matnini takomillashtirish zarur, deb hisoblaydi.

I.Abdullaev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari
masalalari qo'mitasi raisi,
O'zMTDP fraktsiyasi a'zosi.

Manba: parliament.gov.uz

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн