Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkent shahridagi Inha universitetida yangi yo'nalish ish boshlaydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 212           Дата: 17-06-2016, 10:19          
Toshkent shahridagi Inha universitetida yangi yo'nalish ish boshlaydi

15 iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan Aloqa muzeyida keng ommani kirish imtihonlaridagi yangiliklar bilan tanishtirish uchun matbuot anjumani o'tkazildi.

Yangi o'quv yilidan boshlab Toshkent shahridagi Inha universiteti logistika bo'yicha yangi yo'nalish ochmoqda. Ushbu yo'nalishga 2016-2017 o'quv yilida 80 nafar talaba qabul qilinadi.

Koreya Respublikasidagi Inha universitetining logistika sohasidagi o'quv dasturi Koreyadagi uchta eng yaxshi dasturlardan biridir. Inha universiteti Hanjin kompaniyasining bir qismi bo'lib, u kompaniyaning turli tuzilmalariga, jumladan, Korean Air kompaniyasi uchun mutaxassis etkazib beruvchi asosiy o'quv markazi hisoblanadi.

Toshkent shahridagi Inha universitetida yangi yo'nalish ish boshlaydi

Yangi yo'nalish O'zbekiston hukumatining transport va logistika sohasiga qaratayotgan katta ahamiyati va logistika mutaxassislariga bo'layotgan katta talabni hisobga olgan holda ochildi.

Ushbu yo'nalishni muvaffaqiyatli yakunlagan mutaxassislar logistika jarayonlarini boshqarish – logistika kompaniyasini tuzishdan to uning faoliyatini yuritishga qadar bo'lgan barcha bilimlarni egallaydilar.

Fakultetning yangi o'quv dasturi xalqaro logistika, mahsulotlarni etkazib berish tizimini boshqarish, yuk tashish, avia va temir yo'l transportini boshqarish tizimi, biznes jarayonlarni boshqarish, resurslarni rejalashtirish hamda boshqarish va boshqa professional modullar asosida qurilgan.

Bitiruvchilar nafaqat xalqaro va mahalliy kompaniyalarda ish topa oladilar, balki logistika bo'yicha o'zlarining bizneslarini ham yuritishlari mumkin.
Hozirgi kunga kelib, universitet tomonidan majburiy va fakultativ bo'lgan o'quv darslari ishlab chiqarildi. Ular bilan universitetning saytida tanishish mumkin.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031