Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Adliya vazirligida “O'zbekistonda NTTlarining jamiyat hayotidagi o'rni va rivojlanish  istiqbollari” mavzusida anjuman o'tkazildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 144           Дата: 17-06-2016, 10:19          
Adliya vazirligida “O'zbekistonda NTTlarining jamiyat hayotidagi o'rni va rivojlanish  istiqbollari” mavzusida anjuman o'tkazildi

Respublika Adliya vazirligida navbatdagi matbuot anjumani o'tkazildi. Mamlakatimiz hayotidagi muhim ahamiyatga molik masalalar bo'yicha o'tkazilayotgan tadbirlarning yagona rejasiga muvofiq tashkil etilgan konferentsiya “O'zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining jamiyat hayotidagi o'rni va rivojlanish istiqbollari” mavzuiga bag'ishlandi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlari va yurtimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat , shu jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlardan 40 dan ziyod vakillar ishtirok etdilar.

Adliya vazirligida “O'zbekistonda NTTlarining jamiyat hayotidagi o'rni va rivojlanish  istiqbollari” mavzusida anjuman o'tkazildi

Anjumanda ta'kidlanganidek, O'zbekiston xuquqiy davlat,ochiq fuqarolik jamiyati barpo etmoqda. Bunda fuqarolarning uyushmalarga birlashish, davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etish kabi konstitutsiyaviy huquqlari ta'minlangan. Ushbu xuquqni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarining turli shakllari-jamoat fondlari,jamoat tashkilotlari,siyosiy partiyalar,kasaba uyushmalari ,xayriya tashkilotlari kabilarni tuzish imkoniyatini beradigan qonunchilik bazasi barpo etilgan.

O'tgan davr mobaynida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy maqomi, roli va ahamiyatini kuchaytirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, ularning soni yildan-yilga oshib bormoqda.

NTT larning taraqqiy etishida 2007 yilda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati erkinligining kafolatlari“ to'g'risidagi qonun muxim axamiyat kasb etdi.

Adliya vazirligida “O'zbekistonda NTTlarining jamiyat hayotidagi o'rni va rivojlanish  istiqbollari” mavzusida anjuman o'tkazildi

Shu bilan birga bu sohaning institutsional bazasi ham shakllantirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi, Inson huquqlari bo'yicha vakili, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Respublika baynalmilal madaniyat markazi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi, O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tashkil topdi.

Shu o'rinda anjuman ishtirokchilarining e'tibori Davlatimiz rahbari tomonidan 2010 yil12 noyabrda Oliy majlis palatalariningqo'shma yig'ilishida ilgari surilgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyil asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil tadbirlarga qaratildi.

Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda davlat siyosati aynan shu masalani ro'yobga chiqarish, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berishga yo'naltirildi.

Adliya vazirligida “O'zbekistonda NTTlarining jamiyat hayotidagi o'rni va rivojlanish  istiqbollari” mavzusida anjuman o'tkazildi

Kontseptsiya doirasida bir qator muxim qonunlar-“Ijtimoiy sheriklik to'g'risida”gi, Ekologik nazorat to'g'risida”gi, “Parlament nazorati to'g'risida”gi, “Davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida”gi qonun hujjatlari qabul qilindi. Ular NTTlar faoliyatini kuchaytirish barobarida uchinchi sektorning davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida xamkorlik qilish, tabiatni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatish,davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash masalalaridagi xuquq va imkoniyatlarini kengaytirdi. Adliya vazirligi ushbu qonunlarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etdi.

Bundan tashqari, nodavlat notijorat tashkilotlarning qulay faoliyat ko'rsatishi uchun bir qancha imtiyozlar berildi. Jumladan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun, mol-mulkiga solinadigan solig'i, er solig'i va boshqa soliqlardan, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlarining g'ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining g'ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda davlat boji to'lanishidan ozod etildi.

“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi”da belgilangan islohotlar natijasida NNT tizimini keng rivojlantirish, ularni tashkil etish hamda faoliyatini yo'lga qo'yish imkoniyati yaratildi. Shuningdek NNTlar uchun qonunchilikdagi ayrim tashkiliy-huquqiy mexanizmlar hamda tartib-taomillarni takomillashtirish va soddalashtirish maqsadida 2013 yil 12 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko'maklashish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

Tadbirda mazkur qaror ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar aniq misollarda ko'rsatib o'tildi.

Adliya vazirligida “O'zbekistonda NTTlarining jamiyat hayotidagi o'rni va rivojlanish  istiqbollari” mavzusida anjuman o'tkazildi

Xususan,ro'yxatdan o'tkazish sohasida hujjatlarni rasmiylashtirish takomillashtirildi hamda to'lov miqdorlari kamaytirildi.

Bu esa fuqarolik jamiyati va institutlari bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarning rivojlanib borishiga katta rag'bat bermoqda. Agar 2000 yilda NNTlar soni 2585 ta,2010 yilda esa 5100dan ziyodni tashkil qilgan bo'lsa, bugungi kunda bunday tuzilmalarning soni 8500 dan oshdi va ular turli yo'nalishlarda faoliyat yuritib kelmoqda.

Bundan tashqari, 2015 yil 4 iyundagi adliya vazirining buyruqlariga asosan Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi to'g'risidagi nizom hamda Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan adliya organlariga taqdim etiladigan hisobot shakllarining tasdiqlanganligini yuqoridagi fikrimiz isboti sifatida keltirsak bo'ladi.

Ushbu buyruqlar birinchi navbatda NNTlar faoliyat yuritishini yanada soddalashtirish va takomillashtirishni o'z ichiga qamrab olgan bo'lib, ular NNTlarning huquqiy maqomi, roli va ahamiyatini kuchaytirishga qaratilgan.

Adliya vazirligida “O'zbekistonda NTTlarining jamiyat hayotidagi o'rni va rivojlanish  istiqbollari” mavzusida anjuman o'tkazildi

Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish sohasida huquqiy islohotlar davom etmoqda.

“O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi joriy yilning 25 aprelida parlament tomonidan qabul qilindi. Shuni ta'kidlash kerakki, NNTlar Adliya vazirligi uchun faqat nazorat ob'ekti emas, balki eng faol hamkorlar hisoblanadi. Vazirlik o'zining barcha asosiy faoliyat yo'nalishlari bo'yicha NNTlar bilan hamkorlik qilmoqda: jumladan huquqiy targ'ibot, inson huquqlarini, tadbirkorlar, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish, qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash, ularni ekspertiza qilish yo'nalishlarida. Bu yo'nalishlarning ayrimlari bo'yicha vazirlik yirik NNTlar bilan hamkorlik to'g'risida memorandumlar imzolagan. Anjuman qatnashchilariga ushbu xamkorlikning ko'lami,yo'nalishlari maqsad va vazifalari to'g'risida ma'lumot berildi.

Adliya vazirligida “O'zbekistonda NTTlarining jamiyat hayotidagi o'rni va rivojlanish  istiqbollari” mavzusida anjuman o'tkazildi

Adliya vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlarga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, NNTlar sohasida qonunchilikni takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar bundan buyon ham davom etadi.

Asosiy maqsadimiz – deya ta'kidlashdi tadbir tashkilotchilari,-NNTlar salohiyatini to'liq amalga oshirish uchun samarali huquqiy tizim yaratish, davlat organlarining NNTlar bilan o'zaro ijtimoiy hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishdir.

Uchrashuvda mutaxassislar jurnalistlarni qiziqtirgan, muxokama etilgan mavzuga oid barcha masalalar bo'yicha axborot berdilar.

Adliya vazirligi

Axborot xizmati

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн