Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jizzax viloyatida mahalla raislari va ularning maslahatchilari saylovi yakunlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 205           Дата: 17-06-2016, 10:19          
Jizzax viloyatida mahalla raislari va ularning maslahatchilari saylovi yakunlandi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016 yil 5 martdagi “Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko'rish hamda uni o'tkazish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq o'tkazilayotgan fuqarolar yig'inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi Jizzax viloyatida yakunlandi. Bu haqda “O'zA” xabar bermoqda.

– Saylovlar demokratik tamoyillar asosida tenglik va oshkoralik ruhida yuqori saviyada o'tdi, – deydi Jizzax viloyati fuqarolar yig'inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o'tkazishga ko'maklashuvchi komissiyasi raisi Bahrom Mamajonov. – Saylovda viloyatda ro'yxatga olingan 29 ming 142 saylovchilar vakillarining 86 foizi rais va ularning maslahatchilarini saylashda ishtirok etdi.

Viloyatdagi 15 shaharcha, 99 qishloq, 199 mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib o'tgan saylovlarda 304 fuqarolar yig'ini raislari va ularning 2 ming 972 maslahatchisi saylandi. Mavjud 304 fuqarolar yig'iniga ishchi guruhlar tomonidan muqobillik asosida 3-4 tadan, jami 950 nomzod taklif etildi. Fuqarolar yig'inlarining 68 tasida saylov yashirin ovoz berish orqali amalga oshirildi. Raislarning 234 tasi yoxud 77 foizi birinchi marta saylandi.

Saylangan raislar tarkibida mutaxassisligi pedagog bo'lgan, tarbiyaviy ishda tajribaga ega o'qituvchilar soni ortib borayotgani “Mahalla – tarbiya maskani” deyilgan ta'rifning isbotidir. Jumladan, 2013 yili saylangan raislarning 21 foizini o'qituvchilar tashkil etgan bo'lsa, bu gal ushbu kasb egalari 28,3 foizga etdi.

Saylovda yosh va yangicha fikrlaydigan nomzodlarga ko'proq ishonch bildirildi. Shu bois saylangan raislar oldingilarga nisbatan ancha yashardi. Jumladan, saylangan raislarning 12,5 foizi qirq yoshgacha, 41,3 foizini qirq yoshdan 50 yoshgacha, 46,2 foizini 60 yoshgacha bo'lganlar tashkil etdi.

Bu saylovda o'tgan galgidan farqli yana bir muhim jihat – maslahatchilar tarkibida kuzatildi. Saylovda 2 ming 972 nafar, o'rtacha har bir fuqarolar yig'iniga 9 nafardan maslahatchi saylandi. O'tgan saylovda maslahatchilar tarkibida oliy ma'lumotlilar 45,6 foizni tashkil etgan bo'lsa, bu safar bu toifadagi maslahatchilar 61 foizga etdi. Xuddi shunday maslahatchilar tarkibida xalq ta'limi sohasi xodimlari va huqushunoslar soni ham oshdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031