Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Germaniyaning “FairNews” axborot resursi Toshkentni betakror shahar deya ta'rifladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 736           Дата: 16-06-2016, 20:40          
Germaniyaning “FairNews” axborot resursi Toshkentni betakror shahar deya ta'rifladi

Germaniyaning “FairNews” axborot resursi o'z portalida Toshkentga bag'ishlangan maqola chop etdi. Ushbu maqolada nemis o'quvchilariga poytaxtimizning tarixi, uning qayta tiklanishi va hozirgi qiyofasi haqidagi ma'lumotlar berilgan.

"Bu maskan kishini ohangarabodek o'ziga maftun etadi, u erdagi odamlar hamda ijobiy muhitni tasvirlashga so'z ojizlik qiladi. Toshkentga borgan xorijlik mehmonlar buni juda yaxshi bilishadi. Toshkent o'ziga xos va betakror shahardir" deyilgan maqolada.

Shuningdek unda yurtimizdan jahonga mashhur olimlar, adiblar, donishmandlar, buyuk san'atkorlar, sport ustalari hamda jamoat arboblari etishib chiqqani alohida qayd etilgan.

"O'zbekistonning poytaxti jahon siyosiy va ishbilarmonlar elitasini o'ziga jalb etayotgan maskan sifatida xizmat qilmoqda. Toshkentda munatazam ravishda yuksak darajali xalqaro forumlar o'tkaziladi. Oxirgi yillarda poytaxtda ShHT davlat rahbarlarining kengashi, Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi majlislari, Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo quyosh energiyasi forumi kabi bir qator nufuzli anjumanlarning o'tkazilishi buning yaqqol misolidir", deyiladi portalda.

Maqolada shuningdek shahrimiz tarixiy qiyofasini saqlab qolish bilan birga yangilanishda davom etayotgani alohida qayd etilgan. Yangi qurilayotgan me'morchilik namunalari - zamonaviy mehmonxonalar, ko'priklar, turar joylar, xiyobonlar, yo'llar qurilayotgani hamda bu bilan shahar aholisi va mehmonlariga qulay sharoit yaratilayotgani ta'kidlangan. Unda Mustaqillik maydoni, Xotira maydoni, Markaziy Osiyoda yagona Toshkent teleminorasi, metropoliten, Chorsu bozori, Hazrati imom, Shayx Zayniddin, Shayx Hovandi Tohur, Yunusxon, Qaldirg'och-biya kabi me'moriy obidalar haqida so'z yuritilgan.

Shuningdek yurtimizdagi tinchlik, millatlaro hamjihatlik va barqarorlikka urg'u bergan. Maqola so'ngida muallif Toshkentdek ertaknamo shaharga tashrif buyurib, bu erdagi mehmondo'stlik, ajoyib manzara va mazali taomlardan bahramand bo'lishga chaqiradi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн