Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sarez ko'li muammosi o'zbek eksperti nigohida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 577           Дата: 16-06-2016, 15:21          
Sarez ko'li muammosi o'zbek eksperti nigohida

Toshkent arxitektura-qurilish instituti o'qituvchisi, o'zbek eksperti Ravshan Qodirovning ishonch bildirishicha, Pomir tog'laridagi Sarez ko'li bugungi kunda Markaziy Osiyoning bir necha respublikalariga jiddiy xavf tug'dirmoqda, deb yozadi Sputnik sayti.

Mutaxassisning AQSh elchixonasi tomonidan favqulodda texnogen va tabiiy ofatlarni bartaraf etish masalalariga bag'ishlangan uchrashuvda aytishicha, taxminan 19 mln tonna suvni ushlab turgan tabiiy to'g'onning mustahkamligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Ekspertning so'zlariga ko'ra, sobiq ittifoq parchalanmasdan avval ham Sarez ko'lini o'rganish uchun ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilgan. Tadqiqotchilar, 500 metrlik to'g'onni olib tashlashning imkoni yo'q deb baholashgan.

1911 yilda ro'y bergan kuchli zilzila oqibatida paydo bo'lgan ko'l suvi hajmi tobora oshib bormoqda. Shu boisdan ham, inson qo'li bilan qurilmagan va ko'zga ko'rinmas joylari qanday ahvolda ekani noma'lum bo'lgan to'g'onning kuchliroq tabiiy ofatga bardosh berish darajasi qanday ekanini baholash mushkul.

Biroq, nima bo'lganda ham matematik modellash mumkin, deb hisoblagan olim, to'g'on vayron bo'lsa yoki suv bilan yuvib ketilsa, yirik tabiiy ofat yuz berishidan ogohlantirgan.

Ravshan Qodirovning fikricha, shunday hodisa yuz bergudek bo'lsa, Tojikiston, Afg'oniston, Turkmaniston va O'zbekistonning katta hududi vayron bo'lishi, ushbu respublikalardagi 6 milliondan ortiq inson aziyat chekishi mumkin.

Yo'lida uchragan narsalarni yuvib ketgan loyqa suv Qoraqalpog'istonga etib borganida balandligi bir metr bo'ladi, deydi o'zbek eksperti.

Shu boisdan ham, O'zbekiston FVV, respublikaning ushbu hududida mashg'ulotlar olib bormoqda. Doimiy ravishda, odamlarni ko'chirish, xavfdan ogoh etish ko'nikmalari amalga oshirilmoqda.

Olimning aytishicha, bugungi kunda Sarez ko'lining uzunligi 75 kmni tashkil etadi. Uning chuqurligi 500 metrdan ortiqdir.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн